Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Tashabbusli budjet”dagi takliflarga ovoz berish boshlandi
Birinchi mavsumda fuqarolar tomonidan 55 mingdan ortiq tashabbuslar bildirildi. Eng ko‘p ovoz yig‘ib, g‘olib chiqqan loyihalarni moliyalashtirishga 1,7 trillion so‘m pul ajratiladi.
Bugun, 18 martdan, “Tashabbusli budjet” jarayonining joriy yildagi 1-mavsumi doirasida ovoz berish jarayoni boshlandi. Bu haqda Moliya va iqtisodiyot vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mavsum doirasida fuqarolar tomonidan ilgari suriladigan loyihalarni moliyalashtirish maqsadida respublika bo‘ylab 1,7 trillion so‘m mablag‘lar yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.
“Hurmatli fuqaro! Ushbu jarayonlarda faol ishtirok etgan holda ijtimoiy muammolarning (jamoaviy xarakterdagi) hal etilishiga erishing. Budjet mablag‘larining sarflanishida ishtirok eting.
Bu juda ham oson, o‘z hududingizdagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan loyihani ilgari suring, ovoz to‘plang va g‘olib bo‘ling!” deyiladi rasmiy xabarda.
Ma’lumot uchun, 1-mavsum doirasida fuqarolardan jami 55,9 mingta tashabbus kelib tushgan. Tashabbuslarning 26 foizi ichki yo‘llarni ta’mirlash, 18 foizi umumta’lim maktablarini ta’mirlash yoki jihozlash, 11 foizi esa ko‘cha chiroqlarini ta’mirlash va o‘rnatishga hamda elektr energiya ta’minoti bilan bog‘liq loyihalarga doir.
Mavzuga oid
11:08 / 07.07.2026
«Tashabbusli budjet»ning 11-mavsumi 15 iyuldan start oladi
17:35 / 30.06.2026
Deputatlarga «Tashabbusli budjet» loyihalari bo‘yicha yangi imkoniyatlar berildi
11:10 / 21.03.2026
58 ovozdan 13 ming 386 ovozgacha. «Tashabbusli budjet» g‘oliblari e’lon qilindi
18:28 / 15.03.2026