GFR adliya vaziri: Putin Germaniyaga kelsa hibsga olinadi

Foto: Kay Nietfeld / dpa / Global Look Press
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Germaniya tuprog‘iga qadam qo‘ysa, Xalqaro jinoiy sud talabiga ko‘ra hukumat tomonidan hibsga olinadi. Bu haqda mamlakat adliya vaziri Marko Bushman Bild am Sonntag nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Bu holda XJS tezda Interpolga murojaat qiladi, shuningdek a’zo mamlakatlardan [order] ijrosini amalga oshirishni so‘raydi. Shunga ko‘ra, agar Germaniya hududiga kirsa, Germaniya prezident Putinni hibsga olishga va XJSga topshirishga majbur bo‘ladi», — degan GFR adliya vaziri.
Die Zeit nashri qayd etishicha, XJS yurisdiksiyasiga bo‘ysunadigan barcha mamlakatlar uning qaroriga muvofiq yo‘l tutishi kerak bo‘ladi.
OAV Bushmanning so‘zlariga e’tibor qaratganidan keyin RF Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin vazirning bayonotiga «huquqiy baho» berish bo‘yicha topshiriq berdi.
Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatchisi Mixaylo Podolyak ham bunga munosabat bildirib, «birinchi bo‘lib aynan Germaniya bunga qattiq urg‘u berishi ramziy ma’noga egaligi»ni ta’kidlagan.
ukrainalik bolalarga nisbatan ommaviy o‘g‘irlash va tajovuzkor zo‘ravonlikni uyushtirgani uchun darhol hibsga olinadi», — degan u.
- 17 mart kuni Haagadagi Xalqaro jinoiy sudi Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga order berdi. Uni Ukrainaning bosib olingan hududidagi bolalarni zo‘ravonlik bilan Rossiya hududiga noqonuniy deportatsiya qilishda gumonlashmoqda. Shu kabi order RF bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovani qo‘lga olish uchun ham berilgan.
- Kremldagilar XJSning qaroriga javoban Rossiya ushbu sud yurisdiksiyasini tan olmasligini bildirdi. RF TIV order Rossiya uchun «hech qanday ahamiyatga ega emasligi»ni ma’lum qilgan. Putinning o‘zi sud qaroriga hech qanday munosabat bildirmadi.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yil boshidan beri eng ko‘p qanday ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgani aytildi
O‘zbekiston | 08:54
-
Hindiston va O‘zbekiston harbiylari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi
O‘zbekiston | 08:32
-
Rossiyadagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
Jahon | 08:20
-
Remontada bo‘lmadi. «Arsenal» «Real»ni tojdan mahrum etdi
Sport | 03:04
Mavzuga oid

15:09 / 16.04.2025
Lavrov Putinning yangi «ambitsiyali» rejalarini ma’lum qildi

19:10 / 11.04.2025
Trampning maxsus vakili Putin bilan uchrashib, Rossiya-Ukraina urushini muhokama qiladi

11:13 / 11.04.2025
Buyuk Britaniya Putin ustidan tribunalni qo‘llab-quvvatladi

05:20 / 11.04.2025