07:28 / 20.03.2023
13069

Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi

Sergeli tumani Fayzli Toshkent ko‘chasida 5 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 2023 yil 19 mart kuni soat 22:40 larda Sergeli tumanida YTH ro‘y bergan.

Xabarda aytilishicha, Lacetti, Labo, Malibu, Nexia 3 va Captiva avtomashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida Lacetti va Labo avtomashinasi haydovchi va yo‘lovchilari tan jarohat olgan. Ular shifoxonaga olib borilib, birinchi yordam ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top