3 sentabr kuni Samarqand viloyati, Kattaqörğon tumani, «Mundiyon» mahallasi hududidan ötuvçi yölda Lacetti rusumli avtomobil dökonga urildi. Bu haqda Samarqand viloyati YHXB xabar berdi.
Qayd qilinişiça, haydovçi yölning buriliş joyida tezligi yuqori bölgani sababli avtomobilni boşqara olmasdan dökonga urilib, yöl-transport hodisasi sodir qilgan. Oqibatda dökon içida bölgan fuqaro tan jarohati olib tuman şifoxonasiga murojaat qilgan.
Holat yuzasidan Kattaqörğon tuman IIB tomonidan dastlabki suriştiruv işlari olib borilmoqda.








