Jahon | 20:26 / 23.03.2023
10272
2 daqiqa o‘qiladi

Finlandiya prezidenti mamlakatning NATOga kirishi haqidagi qonunni imzoladi 

Endi NATOga a’zo bo‘lgan 30 ta davlat buni ma’qullashi talab etiladi. 

Foto: Getty Images

Finlandiya prezidenti Sauli Niinistyo mamlakatning NATOga kirishi haqidagi qonunni imzoladi. 

1 mart kuni Finlandiya parlamenti NATOga kirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qullagan edi. Loyihani 184 nafar deputat «ma’qulladi», 7 nafari «qarshi», 1 nafari «betaraf» ovoz berdi, yana 7 nafar deputat qatnashmadi. 

2022 yil may oyida Shvetsiya va Finlandiya NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirishini rasman e’lon qildi. Avvalgi betaraflik siyosatidan voz kechish qaroriga Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi sabab bo‘ldi. 

Endi Finlandiyaning NATOga kirishi uchun alyansga a’zo bo‘lgan o‘nlab davlatlar ariza beruvchining arizasini qo‘llab-quvvatlashi kerak.

Avvalroq NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg ikkala davlat ham «NATOga bajonidil qabul qilinishi» mumkinligini aytgan edi. Biroq bu jarayon alyansning mavjud 30 a’zosi o‘rtasida yakdillikni talab etadi. 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid