O‘zbekiston | 07:52 / 23.03.2023
46671
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda keyingi uzoq dam olish kunlari qachon kuzatiladi?

Bu yil Navro‘z bayramida o‘zbekistonliklar ketma-ket to‘rt-besh kun dam oldi.

Prezident 2022 yil dekabr oyida rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va 2023 yilda dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi qarorni imzolagan.

Hujjatda haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun 24 aprel (dushanba) qo‘shimcha ishlanmaydigan kun bo‘lishi aytilgan.

Bundan tashqari, 2023 yilda haftasiga 5 kun ishlaydiganlar uchun dam olish kuni 29 aprel, shanba kunidan 24 aprel, dushanba kuniga ko‘chirildi.

Bu yil O‘zbekistonda Ramazon oyi 23 martdan boshlandi.

Ochiq manbalarga ko‘ra, Ramazon hayitini nishonlash 22 aprelga to‘g‘ri keladi.

Prezident 2021 yil fevral oyi boshida «O‘zbekistonda ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagan edi. Hujjatga ko‘ra, asosiy bayram kunlarida o‘zbekistonliklar kamida uch kun dam oladi.

Shu tariqa, Ramazon hayitida o‘zbekistonliklar kamida uch kun dam olishi mumkin:

  • 2023 yil 22 aprel (shanba) - bayram kuni (hali rasman tasdiqlanmagan);
  • 2023 yil 23 aprel (yakshanba) - taqvim bo‘yicha dam olish kuni;
  • 2023 yil 24 aprel (dushanba) - qo‘shimcha dam olish kuni.

Mavzuga oid