O‘zbekiston | 18:23 / 23.03.2023
11488
1 daqiqa o‘qiladi

Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi

Qamchiq dovonida harakatlangan yuk mashinasi kabinasidagi qisqa tutashuv yong‘inga sabab bo‘ldi.

Foto: O‘zbekiston FVV

O‘zbekiston FVV qutqaruvchilari tomonidan «Qamchiq» dovonidagi yuk avtomobilida sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi. 

«Bugun, 23 mart kuni soat 16:55 da «Qamchiq» Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga A-373 avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan 255-kilometrda «Vodiy-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlangan kalava ip ortilgan IVEKO rusumli yuk mashinasi kabina qismida yuzaga kelgan qisqa tutashuv natijasida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan.

Zudlik bilan aytilgan manzilga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borib yong‘in bartaraf etilgan», deyiladi vazirlik xabarida.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Mavzuga oid