Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Diyora Keldiyorova Olimpiada chempionini mag‘lub etib, «katta dubulg‘a» turniri g‘olibi bo‘ldi
Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha «katta dubulg‘a» turkumidagi turnirning ilk kuni O‘zbekiston milliy jamoasi uchun muvaffaqiyatli o‘tdi.
-52 kg vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan hamyurtimiz Diyora Keldiyorova musobaqa g‘olibiga aylandi. Barcha bellashuvlarni muddatidan avval yakunlab kelayotgan samarqandlik dzyudochi finalda ham chempionlik uchun ko‘p vaqt sarflamadi. U Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni kosovolik Distriya Krasnichini atigi 40 soniya ichida taslim etdi.
Qayd etish joiz, bu Keldiyorova uchun «katta dubulg‘a» turnirlaridagi to‘rtinchi oltin medal hisoblanadi. Ushbu g‘alaba orqali u jahon reytingi uchun 1000, Parij-2024 yo‘lida 500 ochkoni o‘z hisobiga qo‘shib qo‘ydi.
Mavzuga oid
19:00 / 20.11.2025
Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova haqidagi “Diyora. Nozik yo‘l” xujjatli filmi yaratildi
23:41 / 14.09.2025
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionatida tengsiz bo‘ldi
19:53 / 27.02.2025
Shavkat Mirziyoyev Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbarini «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi
14:18 / 03.02.2025