Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ipoteka bank» 324 mln dollarga sotilgani ma’lum bo‘ldi
Vengriyaning OTP banki O‘zbekistonning «Ipoteka bank»ini 324 mln dollarga sotib olgan. Bu haqda xususiylashtirish masalalari bo‘yicha prezident huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishga oid rasmiy relizda ma’lum qilindi.
Foto: Ipoteka-bank
Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, o‘tgan o‘n yilda 1,2 trillion so‘mlik davlat aktivlari sotilgan bo‘lsa, 2022 yilning o‘zida bu ko‘rsatkich 11,3 trillion so‘mga yetgan. Ya’ni, so‘nggi bir yilda o‘n yil davomida qilingan ishlardan 10 karra ko‘p natijaga erishilgan.
Xususiylashgan mulklar samaradorligi ham oshgan. Misol uchun, uzoq yillar ishlamagan Andijon tajriba sinov zavodi negizida 18 million dollar investitsiya hisobiga to‘qimachilik korxonasi tashkil etilib, mingta ish o‘rni yaratilgan, 40 million dollarlik mahsulot eksport qilingan.
Qo‘qon superfosfat zavodini xorijiy investor olib, 40 million dollar investitsiya kiritgan, ishlab chiqarish hajmini 4 baravarga oshirgan.
«Ipoteka bank» 324 million dollarga va «Coca-Cola» kompaniyasidagi davlat ulushi 252 million dollarga sotilgan.
2022 yil 12 dekabr kuni Toshkentda O‘zbekiston hukumati va Vengriyaning OTP banki bilan «Ipoteka bank»ni xususiylashtirish bo‘yicha bitim imzolangan edi.
OTP Bank O‘zbekiston Moliya vazirligiga tegishli 100 foiz aksiyalarni (jami aksiyalarning qariyb 97 foizi) ikki bosqichda: dastlab, 2023 yilning birinchi yarmida 75 foizini, uch yildan so‘ng qolgan 25 foizini sotib olishi haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
20:45 / 15.05.2026
Qurilish vazirligi binosi 196 mlrd so‘mga sotildi. Bu dastlabki xususiylashtirishdan 14 mlrd so‘mga yuqori narx
12:32 / 13.05.2026
IPO yakunlari: Milliy investitsiya jamg‘armasining 31 foizi 603,6 mln dollarga sotildi
18:41 / 14.04.2026
Bo‘lib to‘lashga sotilgan obektlar bo‘yicha ustama hisoblash to‘xtatiladi
18:25 / 14.04.2026