Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Belarusda taktik yadroviy qurollarini joylashtiradi
Shuningdek, Belarus harbiylariga ulardan foydalanish o‘rgatiladi.
1 iyul kuni Belarusda taktik yadroviy qurollarni saqlash ombori qurilishi yakunlanadi. Bu haqda 25 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Rossiya 24» telekanali efirida ma’lum qildi. Uning so‘zlaridan Lenta iqtibos keltirmoqda.
«Belarus anchadan buyon o‘z hududida yadro qurollarini joylashtirishni so‘ramoqda. Biz Belarusga taktik yadroviy qurollarimizni topshirmaymiz, ammo ularni joylashtiramiz va harbiylarga o‘rgatamiz. Xuddi AQSh Yevropada shu ishni qilayotgani kabi», dedi Putin.
Davlat rahbarining qayd etishicha, Moskva va Minsk u yerda strategik hujum qurollarini yanada qisqartirish va cheklash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi shartnoma (SHQQ, SHQ-III) bo‘yicha majburiyatlarni buzmagan holda taktik yadro qurollari joylashtirilishi haqida kelishib olgan.
Mavzuga oid
18:21
Mirziyoyev va Lukashenko muzokaralar yakunlarini sarhisob qildi
16:49
O‘zbekiston va Belarus munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi
14:43
Minskda O‘zbekiston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
22:38 / 08.07.2026