Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shaharni yo‘q qilishga qodir asteroid Yerga yaqin masofada uchib o‘tadi
Xavotirga o‘rin yo‘q, hech kim zarar ko‘rmaydi.

Foto: Reuters
Butun boshli shaharni yo‘q qilishi mumkin bo‘lgan katta asteroid dam olish kunlari Yer va Oy orbitasi o‘rtasidan o‘tib ketadi. Xavotirga o‘rin yo‘q, hech kim zarar ko‘rmaydi, deb yozdi AP.
Shanba kuni asteroid Yerga 168 ming km masofada yaqinlashadi. Bu yerdan Oygacha bo‘lgan masofaning yarmidan kami bo‘lib, uni durbin va kichik teleskoplar yordamida ko‘rish mumkin. Asteroidning yaqin masofada uchib o‘tishi olimlarga uni o‘rganish imkoniyatini beradi.
Asteroidlarning uchib o‘tishi keng tarqalgan voqea bo‘lsa-da, NASA bunday katta asteroid kamdan-kam hollarda - har o‘n yilda bir marta yaqin kelishini aytmoqda. Olimlar uning o‘lchamini 40-90 metr oralig‘ida deb hisoblamoqda.
Bir oy oldin kashf etilgan 2023 DZ2 deb nomlanuvchi asteroid shanba kuni Oydan 515 ming km masofadan o‘tib, bir necha soat ichida Hind okeani ustidan soatiga 28 ming km/soat tezlikda uchib o‘tadi.
«Ushbu «shahar qotili»ning Yerga urilishiga hech qanday imkoniyat yo‘q, biroq uning yaqinlashishini kuzatish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi», dedi Yevropa kosmik agentligining sayyoraviy mudofaa bo‘limi rahbari Richard Moisl o‘z bayonotida.
Asteroid 2026 yilgacha Yer orbitasiga qaytmaydi. Avvaliga u Yerga urilishi mumkindek tuyulgan edi. Biroq, hisob-kitoblardan so‘ng olimlar buni rad qilishdi.
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Rossiyada politsiyaga ushlanganlarni urushga jo‘natgani uchun pul to‘lanyapti
Jahon | 10:36
-
Xitoy O‘zbekistonda suv resursini tejash loyihalariga jalb etiladi
O‘zbekiston | 10:19
-
Ukrainani tiklash: konferensiyada 10 mlrd yevro va’da qilindi
Jahon | 09:56
Mavzuga oid

21:52 / 21.06.2025
Olimlar birinchi marta Quyoshning sun’iy tutilishi qanday bo‘lishini ko‘rsatdi

21:33 / 12.06.2025
Tarixda birinchi marta Quyoshning janubiy qutbi suratga olindi

21:37 / 14.05.2025
Quyoshda 2025 yildagi eng kuchli chaqnash yuz berdi

14:20 / 14.05.2025