Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda referendumni kuzatish bo‘yicha Yevropa missiyasi ish boshladi
Missiya vakillari referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarni kuzatib boradi.
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining (YeXHT DIIHB) referendumni kuzatish missiyasi Toshkentda ish boshladi.
28 mart kuni DIIHB missiyasi OAV vakillari bilan uchrashib, tashkilotning roli, maqsadi, vazifalari va rejalashtirilgan faoliyati haqida ma’lumot berdi.
DIIHB missiyasi rahbari Albert Jonson missiya vakillari O‘zbekiston hukumatining taklifiga binoan kelgani, referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarni kuzatib borishini qayd etdi.
«O‘zbekistondagi Konstitutsiyaviy islohotlar muhim siyosiy va tarixiy jarayon hisoblanadi. Demokratik institutlarning o‘z metodologiyasi bor. Biz ham kuzatuvlarimiz davomida referendumga tayyorgarlik jarayonlarini, referendumni o‘tkazish bo‘yicha huquqiy asoslarga hamda YeXHT talablariga qanchalik rioya qilinganini kuzatamiz. Kuzatuv missiyamizning asosiy vazifasi referendumning ochiq va shaffof o‘tishini kuzatishdan iborat», dedi Jonson.
Uning so‘zlariga ko‘ra, missiya OAV tomonidan qanday yoritilgani ham kuzatib boriladi. Referendumning ertasi kuni dastlabki bayonotlar e’lon qilinadi. Yakuniy xulosalar referendumdan 2 oy o‘tib taqdim etiladi.
Missiyaning asosiy guruhi 10 nafar ekspertdan iborat. Bundan tashqari, 3 apreldan boshlab missiya tarkibiga 14 nafar uzoq muddatli kuzatuvchilar ham qo‘shiladi. Ular viloyatlarda referendumga tayyorgarlik va uni o‘tkazish jarayonlarini kuzatadi.
Mavzuga oid
10:24 / 03.06.2026
Saida Mirziyoyeva YXHT bosh kotibi Feridun Sinirlio‘g‘lu bilan uchrashdi
19:26 / 21.05.2026
Shavkat Mirziyoyev YeXHT bilan ko‘p qirrali hamkorlik masalalarini muhokama qildi
12:03 / 24.03.2026
Italiyada sud tizimi islohoti referendumda rad etildi
09:30 / 16.03.2026