Tazyiq va zo‘ravonlikka duch kelgan 183 nafar ayolning har uchinchisiga turmush o‘rtog‘i zo‘ravonlik sodir etgan
183 nafar so‘rov o‘tkazilgan ayolning har uchinchisi turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilgan deb biladi. Bu haqda Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti axborot xizmati rahbari Manija Bahriyeva ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2022 yil dekabr-2023 yil yanvar oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Andijon, Navoiy, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona viloyatlarida tazyiq va zo‘ravonlikka duch kelgan 183 nafar ayol o‘rtasida tadqiqot o‘tkazilgan.
Unga ko‘ra, 53 foiz respondent hasad qilish, shaxsiy hayotga aralashish, rashkni tazyiq va zo‘ravonlik deb baholashgan.
So‘rov o‘tkazilgan ayolning har uchinchisi turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilgan deb biladi. 26,2 foiz respondent qaynonasi tomonidan zo‘ravonlikka uchraganini ta’kidlagan.
Respondentlarning aksariyati (42,5 foiz) tazyiq va zo‘ravonlik bo‘yicha tegishli joyga murojaat qilingandan so‘ng turmush o‘rtog‘ining munosabati ijobiy tomonga o‘zgarganini ma’lum qilgan.
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/y4NzkfRnbYsyS4rvuhvRs06xrvyFcp92_medium.jpg)
07:50 / 23.07.2024
Zangiotada 13 yoshli o‘gay qiziga zo‘ravonlik qilib kelgan ayolga jazo tayinlandi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/ZW6sRR_zyHEhbk7FxjJxgoTaoYEXnpVL_medium.jpg)
18:43 / 22.07.2024
QR-kodli chek so‘ragan bolaga tarsaki tushirgan sotuvchi qamaldi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/uwQPKyzCm_jVz6J9zpkvaVovPpP-Wstf_medium.jpg)
12:30 / 22.07.2024
“Hammasi hayotda bo‘layotgan voqealardan olingan” – bolalar o‘limi bilan bog‘liq ta’sirli videorolik
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/l16-iWySSKFIBKpcyNJG-5nYIMjzSePR_medium.jpg)
17:22 / 20.07.2024