Sirdaryo viloyati, Guliston şahridagi dökonda 12 yoşli bolani urgan sotuvçi 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabar berdi.
Qayd qilinişiça, 22 iyul kuni Guliston şahri sudi uni Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasida (Mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topgan.
Avvalroq, dökonçi tomonidan bolaga nisbatan zöravonlik işlatilgani, jumladan, uning yuziga tarsaki tuşirgani haqidagi video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.
Bolaning onasi sözlariga köra, öğli QR-kodli çek söragani uçun sotuvçi uni haqoratlagan va bir neça bor yuziga urgan.
Keyinçalik sotuvçiga nisbatan ma’muriy iş oçilgan edi.












