Zangiotada 13 yoshli o‘gay qiziga zo‘ravonlik qilib kelgan ayolga jazo tayinlandi
Toshkent viloyati Zangiota tumanida 2023 yilning dekabr oyida 13 yoshli qiz o‘gay onasi tomonidan muntazam zo‘ravonlikka uchrab kelayotgani aniqlangandi. Bolalar ombudsmani holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan dastlabki tergovda aniqlanishicha, Sh.S. 2010 yilda tug‘ilgan qiz S.R.ni 2023 yil davomida muttasil ravishda do‘pposlab, unga nisbatan jismoniy hamda ruhiy jihatdan azob berib, unda kuchli qo‘rquv hosil qilish yo‘li orqali o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib, tanasining turli qismlariga tan jarohatlari yetkazib kelgan.
Bolalar ombudsmani vakili bola manfaatlari nuqtayi nazaridan mazkur ishning sud protsessida ko‘rilishida ishtirok etdi.
5 iyun kuni Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Zangiota tuman sudida mazkur jinoyat ishi yuzasidan chiqarilgan hukmga binoan, Sh.S. Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “a, v” bandlari (qiynash) va 112-moddasi 3-qismi (o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) bilan aybdor deb topilib, unga 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi va mazkur jazo bilan bog‘liq tegishli cheklovlar o‘rnatildi.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
22-tuzatish. Trampning uchinchi prezidentlik muddatiga nima to‘sqinlik qiladi?
Jahon | 16:28
-
Senator Kori Buker Trampni uzluksiz 25 soat tanqid qilib, rekord o‘rnatdi
Jahon | 15:06
-
«Hizbulloh» qo‘mondoniga suiqasd, saylovdan mahrum etilgan Le Pen va Harvardni mablag‘dan mosuvo etgan Tramp - kun dayjesti
Jahon | 14:28
-
Andijonda Cobalt piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 16 yoshli bolani urib yubordi
O‘zbekiston | 14:22
Mavzuga oid

16:56 / 27.03.2025
Toshkent viloyatida bolalarni urgan tarbiyachi ishdan olindi

10:12 / 18.03.2025
Ovloq va xavfli joy. Antarktidadagi bazada olimlar o‘z hamkasbidan qutqarishni so‘ramoqda

23:57 / 17.03.2025
Akmal Shukurov Qozog‘istonda ushlandi

13:46 / 17.03.2025