Turkmanistonda Arqadag‘ nomli yangi shahar quriladi
Bu Berdimuhamedovning unvonidir.

Turkmanistonda mamlakatning hozirgi prezidentining otasi Gurbanguli Berdimuhamedov sharafiga ataladigan yangi shahar qurilishi uchun qariyb besh milliard dollar sarflanadi.
Axal viloyatining yangi ma’muriy markazi shahar maqomini oladi va uni «Arqadag‘» (Qahramon himoyachi) deb atashadi. Bu Berdimuhamedovning rasmiy unvoni bo‘lib, u prezidentlikdan ketganidan keyin ham bu unvonni o‘zida saqlab qolgan.
Yangi shahar poytaxt Ashxoboddan 30 kilometr masofada barpo etiladi. Berdimuhamedov mulozimlarga buni «Ginnes rekordlari» kitobiga kiritishni buyurgan, ammo aynan qanday qilibligiga aniqlik kiritilmagan. Bu shahar aholisi yakunda 73 ming kishini tashkil etishi kerak.
«Arqadag‘ shahri qurilishining birinchi bosqichi 3,3 milliard dollarga tushadi. Bizning baholarimizga ko‘ra, ikkinchi bosqichga taxminan 1,5 milliard dollar kerak bo‘ladi», deya xabar qilgan shahar qurilishi uchun mas’ul bo‘lgan davlat qo‘mitasiga rahbarlik qilayotgan Deryageldi Orazov.
Mulozimning so‘zlariga ko‘ra, aniq qiymat tenderlar e’lon qilinganidan keyingina ma’lum bo‘ladi.
Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, Turkmaniston YaIM qariyb 45 milliard dollarni tashkil etadi, gaz eksporti hisobiga to‘g‘ri keladi, mamlakat bunday tabiiy boylikning ulkan zaxiralariga ega.
Huquq himoyachilari Turkmaniston rahbariyatini bir necha bor pullarni aholiga foydasiz bo‘lgan qimmatbaho loyihalarga sarflashda ayblagan.

Asli kasbi shifokor bo‘lgan, ayni vaqtda 65 yoshga chiqqan Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmanistonga 2006 yildan rahbarlik qila boshlagan. 2022 yil martida u prezidentlik lavozimini tark etdi va mamlakat boshqaruvini o‘z o‘g‘li Sardorga topshirdi, ammo Turkmaniston siyosiy hayotida muhim figura bo‘lib qolmoqda.
Yanvar oyida katta Berdimuhamedov 2021 yilda o‘zining iltimosi bilan tuzilgan parlamentning yuqori palatasini tugatish va bir palatali tizimga qaytishni taklif etdi.
Bu taklif bir ovozdan qabul qilindi va uning o‘zi Turkmaniston ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini nazorat qiluvchi, amalda parlamentni ikkinchi planga o‘tkazuvchi yangi oliy organ - Xalq kengashi raisi etib tayinlandi.
Berdimuhamedovga yangi «Turkman xalqi rahbari» unvoni ham berildi.
Prezidentligining so‘nggi yillarida Berdimuhamedov o‘zini ekssentrik tutgan, xususan, doimiy ravishda o‘z qo‘shiqlari uchun kliplar ishlagandi. Bunday qo‘shiqlardan biri o‘ziga sovg‘a qilingan Rovach laqabli axaltekin otiga bag‘ishlangan rep edi. Berdimuhamedovning otxonasida jami 130 ga yaqin otlar bor, ekspertlarning baholashicha, ularning narxi million dollardan boshlanadi.
Shuningdek Berdimuhamedov siyosiy va boshqa tegishli mavzularda kitoblar yozadi. Turmaniston TIV tomonidan ochilgan Berdimuhamedov asarlari elektron kutubxonasida 60 dan ortiq kitoblar mavjud bo‘lib, ularning aksari xorijiy tillarga tarjima qilingan.
Turkmaniston - dunyoning eng yopiq mamlakatlaridan biri hisoblanadi va mamlakatning kundalik hayoti to‘g‘risida ko‘p narsa ma’lum emas. Huquq faollariga ko‘ra, mamlakatda inson huquqlari qo‘pol ravishda poymol etiladi, rasmiylar esa buni rad etishadi. «Chegarasiz jurnalistlar» ma’lumotiga ko‘ra, ushbu mamlakat matbuot erkinligi bo‘yicha ro‘yxatdagi 180 mamlakat ichida Eron, Eritreya va Shimoliy Koreyadan oldinroqda, 177-o‘rinni egallagan.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Ukrainada sulhdan umid uzdi va Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlamoqda
Jahon | 08:30
-
Yevropa kengashi raisi Antoniu Koshta O‘zbekistonga keldi
O‘zbekiston | 08:16
-
Rossiyaga Pokistondan migrantlar olib kirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi
Jahon | 07:57
-
Tramp Harvardni milliardlardan mahrum qilmoqchi
Jahon | 07:56
Mavzuga oid

00:41 / 30.03.2025
Saida Mirziyoyeva Turkmanistondagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

20:08 / 21.03.2025
Turkmaniston prezidenti «Qadr kechasi» munosabati bilan 321 nafar mahbusni afv etdi

17:00 / 19.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi

21:01 / 17.03.2025