“ONA” jamoat fondi chekka hududlar aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlashni yo‘lga qo‘ydi
Jamoat fondi “Suv” dasturi doirasida 2022 yilda respublikaning suv tanqis hududlarida aholiga ichimlik suvi yetkazib berish uchun 1200 ta nasos va 6 ta tozalash stansiyasi o‘rnatgan.
"ONA" jamoat fondining yirik loyihalaridan biri bo‘lgan “Suv”dasturini amalga oshirishda O‘zbekistonning chekka hududlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi holat jamg‘arma tomonidan o‘rganib chiqildi. Dastur doirasida toza ichimlik suvi yetkazib beruvchi va suvni filtrlaydigan tozalash stansiyalari o‘rnatish ko‘zda tutilgan edi. 2022 yilning oxiriga kelib “Suv” dasturi doirasida chekka qishloqlarga 1200 ta suv yetkazib berish nasoslari va 6 ta suv tozalash stansiyalari o‘rnatildi. Natijada 8191 nafar aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi. Ayni paytda suv tozalash stansiyalaridan foydalangan holda aholi dehqonchilikni ham yo‘lga qo‘ygan.
Ma’lumot o‘rnida: 2021 yilda faoliyat boshlagan "ONA" jamoat fondi turli yo‘nalishlarda - og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayollarga ijtimoiy va moddiy yordam ko‘rsatish, O‘zbekistonda va xorijda davolanish va operatsiyalar dasturi, ta’lim grantlari dasturi, viloyat shifoxonalaridagi bolalar bo‘limlarini ta’mirlash va jihozlash kabi dasturlarni amalga oshirmoqda.
Joriy yilda fond respublikaning suv tanqisligidan aziyat chekayotgan hududlaridagi aholi uchun “Suv” dasturini yanada kengaytirishni rejalashtirgan. Bunda ko‘ngilli fuqarolar turli to‘lov tizimlari orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri fondga o‘tkazmani amalga oshirib, xayriya dasturiga qo‘shilishlari mumkin:
🔹PAYME havolasi
🔹UZUM havolasi
🔹CLICK havolasi
Telegram | Instagram | Feysbuk