O‘zbekiston | 20:10 / 03.04.2023
9226
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Fransiya bilan har tomonlama sheriklikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladi 

O‘zbekiston prezidenti Fransiya prezidenti maslahatchisi bilan uchrashdi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 aprel kuni Fransiya prezidentining maslahatchisi Izabel Dyumonni qabul qildi. Uchrashuvda oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari va ikki mamlakatning har tomonlama sherikligini kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. 

Uchrashuvda faol siyosiy muloqotlarni davom ettirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish, Fransiyaning yetakchi kompaniya va banklari bilan «yashil» energetika, qazib chiqarish, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, suv ta’minoti tizimini, transport va turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish kabi yo‘nalishlarda birgalikdagi yirik loyihalarni ilgari surish muhimligi alohida ta’kidlandi. 

Parij shahridagi Luvr muzeyi va Arab dunyosi institutidagi madaniy tadbir va ko‘rgazmalar muvaffaqiyatli o‘tgani yuksak baholandi. O‘zbekiston maktablarida fransuz tilini o‘rganishni kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi. 

Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid