Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga yangi rahbar tayinlandi
Tashqi ishlar vazirligi xodimi agentlikka rahbar bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining tegishli buyrug‘i bilan Jahongir Isamutdinovich Xudoyxo‘jayev Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i etib tayinlandi.
Jahongir Xudoyxo‘jayev 1979 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, shu vaqtga qadar Tashqi ishlar vazirligi tizimida turli lavozimlarda ishlagan. Jumladan 2019-2022 yillarda vazir maslahatchisi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining avvalgi rahbari Afzal Irmatov Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha ayblanib, hibsga olingan edi.
Mavzuga oid
10:16 / 09.07.2026
Vladivostokda og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonlik oila vatanga qaytarildi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
14:02 / 09.06.2026
Qozog‘istonda YTHga uchragan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
21:32 / 02.06.2026