Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Livan hududidan Isroil bo‘ylab yoppasiga raketa zarbalari yo‘llandi
© EPA-EFE/ ABIR SULTAN, arxiv
Isroil shimoli Livan hududidan turib raketa orqali o‘qqa tutildi. Bu haqda Isroil mudofaa armiyasi xabar berdi. G‘arbiy Jalileda havo trevogasi e’lon qilingan.
Isroillik harbiylarga ko‘ra, mamlakat hududiga 30 ta raketa uchirilgan. Yediot News xabariga ko‘ra, shundan besh raketa nishonga kelib tekkan. Raketalarning aksar qismi «Temir gumbaz» havo hujumidan mudofaa tizimi orqali tutib qolingan.
Avvaliga media Isroil armiyasi javob zarbasi bergani haqida xabar qilgandi, ammo isroillik harbiylar buni tasdiqlamadi. OAV ma’lumotiga ko‘ra, bu kabi xabarlar «Temir gumbaz» ishga tushgani tufayli kelib chiqqan.
Isroilning To‘qqizinchi kanali xabariga ko‘ra, ikki yoki uch kishi jarohat olgan. The Jerusalem Post nashrida esa faqat bir nafar isroillik jabrlanganini ma’lum qilgan.
Raketa zarbalaridan biroz oldinroq «Hizbulloh» harakati Isroil politsiyasi tomonidan 5 aprelga o‘tar kechasi Quddusdagi Al-Aqso masjidida o‘tkazilgan maxsus amaliyotni qoralab chiqqandi. «Hizbulloh» falastinliklarning har qanday harakatini qo‘llashini ma’lum qilgandi. The Times of Israel nashri taxmin qilishicha, Livan hududidan zarbalar falastinliklarning guruhlari tomonidan amalga oshirilgan, ammo bu «Hizbulloh» tomonidan ma’qullanganidan keyin ro‘y bergan.
6 aprel kungi raketa zarbalaridan keyin Isroil shimolidagi havo kengligi fuqarolik reyslari uchun yopildi.
Mavzuga oid
12:39 / 30.05.2026
Isroil va Rossiya kuchlari mojaro zonalaridagi jinsiy zo‘ravonlik uchun BMT qora ro‘yxatiga kiritildi
12:25 / 29.05.2026
Netanyahu harbiylarga G‘azodagi nazoratni 70 foizgacha kengaytirishni buyurdi
20:01 / 27.05.2026
Isroil HAMAS harbiy qanotining yangi rahbarini yo‘q qildi
10:25 / 27.05.2026