Bugungi kunda Ikkinçi jahon uruşi ayrim davlatlarda faqat bir millat vakillarning ğalabasi bilan yakunlanganiga oid fikrlar örtaga çiqmoqda. Turli davlat, turli millat va elatlar hamjihatlikda faşizmni jilovlaganlarini unutib bölmaydi. Şulardan biri, taygalik oddiy ovçi Semyon Nomokonov Germaniyaning eng yetakçi snayperlari guruh bölib yoki yakkama-yakka bahslarda jangga kirişib, biror marta mağlubiyatga uçramagan. Yakuniy natija – oddiy askarlardan generalgaça bölgan 368 frits snayper öqi bilan yöq qilingan.
Ovçining yoşligi
Semyon Daniloviç Nomokonov 1900 yilning 12 avgustida Baykalorti ölkasining Delyun qişloğida dunyoga kelgan. Evenk-xamnigan elatiga mansub bolakay çöqintirilganidan keyin Semyon deb nom oladi. U mansub bölgan elat – xamnigan “Örmon odami” degan ma’noni berardi. Bolaligidan otasi va akalari bilan ovga çiqişga işqiboz bölgan Semyon 7 yoşida qöliga miltiq oladi va 10 yoşidayoq mohir ovçi deya baholanadi hamda unga “Ötkir köz” laqabi beriladi.
19 yoşida uylangan Semyon Nomokonovning oilasida birin-ketin 5 öğil va 1 qiz dunyoga keladi. Ammo uni jiddiy sinovlar kutardi. Uzoq davom etgan ovdan qaytgan ovçini qişloqda dahşatli xabar qarşi oladi – uning xotini, tört öğli va qizi ötkir isitma bilan keçuvçi skarlatina kasalligidan nobud bölişadi. Faqat birgina kiçik öğli Volodya qarindoşlari qölida omon qoladi.
Tuşkun yillarida öziga keliş uçun 28 yoşida kolxozga duradgor bölib işga kirgan Semyon 32 yoşida öğli bilan birga savod çiqarişni boşlaydi. Yangi oila quriş, hayotni izga tuşiriş haqida öylayotgan ovçining tinçini Ikkinçi jahon uruşi buzadi.

Snayperlikkaça bölgan yöl
Uruşning ilk kunlarida, 1941 yilning 29 iyulida Nomokonov frontga jönaydi. Dastlabki davrda Gitler Germaniyasining yurişlari juda zafarli keçadi, şahar va qişloqlar vayron qilinadi, odamlar ayovsiz qiriladi. Bularni öz közi bilan körgan ovçida faşistlarga nisbatan butun umrlik nafrat paydo böladi.
Oddiy askar Nomokonov köp ötmay bombardimon paytida jiddiy jarohatlanadi va gospitalga tuşadi. Davolanişdan söng u şifoxonada sanitar sifatida olib qolinadi. 1941 yilning kuzida jang maydonidan yarador askarni olib çiqayotgan Semyon ularni nişonga olayotgan duşmanni körib qoladi. Bir lahzaning içida u miltiqni qöliga oladi va uzoq masofadagi fritsning peşonasidan darça oçib qöyadi. Şundan keyin u xotirjamlik bilan yaradorni gospitalga olib boradi. Şu kuniyoq ovçining kuçli merganligi haqidagi gaplar bolalaydi va ofitserlar Semyonning qobiliyatini sinab körişadi. Natija qoyil qolarli edi – Nomokonov oddiy miltiq va snayperlik tajribasisiz ança-munça ustalarni ortda qoldiradi.



















