Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden Rossiyaga qarshi sanksiyalar muddatini bir yilga uzaytirdi
Oq uy Rossiya hukumatining g‘arazli faoliyati AQSh milliy xavfsizligiga tahdid solishda davom etmoqda, deb hisoblayapti.
Foto: Getty Images
AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyatga rossiyalik jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etish imkoniyatini beruvchi farmonni bir yilga uzaytirdi. Bu haqda Oq uy saytida chop etilgan hujjatda aytiladi.
«Rossiya hukumatining g‘arazli faoliyati AQSh milliy xavfsizligi, tashqi siyosati va iqtisodiyotiga o‘ta jiddiy xavf tug‘dirishda davom etmoqda», deyiladi hujjatda.
Oq uy bunday tahdidlar qatorida «AQShda, shuningdek, uning ittifoqchilari va hamkorlarida erkin va demokratik saylovlar o‘tkazilishiga putur yetkazish», «kiber sohadagi zararli harakatlar», «transmilliy korrupsiyani rag‘batlantirish va xorij hukumatlariga ta’sir qilish uchun undan foydalanish» kabilarni sanab o‘tdi.
2021 yil 15 aprelda Rossiya Federatsiyasining ayrim xavfli harakatlari milliy xavfsizlikka tahdid solishi munosabati bilan AQShda favqulodda holat e’lon qilingan 14024-sonli ijro qarori, 2022 yil 8 martda favqulodda holat ko‘lamini kengaytirish to‘g‘risida 14066-sonli farmon imzolangan edi.
Oq uy favqulodda holatni 7 aprel kuni yana bir yilga uzaytirishga qaror qildi.
Mavzuga oid
23:16 / 18.05.2026
AQSh Eronning kelishuv bo‘yicha yangi taklifini «yetarli emas» deb hisobladi
08:56 / 18.05.2026
Politico: Tramp Grenlandiya bilan alohida kelishuv tayyorlamoqda
05:09 / 18.05.2026
AQShda aviashou vaqtida ikki qiruvchi samolyot to‘qnashib, portlab ketdi
20:41 / 17.05.2026