Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WSJ jurnalisti Gershkovichga josuslik bo‘yicha ayblov e’lon qilindi
Rossiya tergov qo‘mitasi uni harbiy-sanoat majmuasi korxonalaridan birining faoliyati to‘g‘risida davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni to‘plaganlikda gumonlamoqda.
Foto: Sergey Savostyanov/TASS
Amerikaning The Wall Street Journal (WSJ) nashrining Moskvadagi byurosi jurnalisti Evan Gershkovichga Rossiya tergov qo‘mitasi tomonidan josuslik bo‘yicha ayblov e’lon qilindi, deb yozdi Interfax.
«Gershkovichga ayblov e’lon qilindi, u Rossiya Jinoyat kodeksining 276-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanmoqda», deb yozdi nashr.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, jurnalist «Amerika tomonining ko‘rsatmasi bo‘yicha harakat qilib, Rossiya harbiy-sanoat majmuasi korxonalaridan birining faoliyati to‘g‘risida davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni to‘plagan».
1991 yilda tug‘ilgan AQSh fuqarosi Gershkovichning hibsga olingani haqida 30 mart kuni Rossiya FXX Jamoatchilik bilan aloqalar markazi xabar bergan edi. Shu kuni Moskvaning Lefortovo sudi tergov talabiga binoan jurnalistni 29 maygacha hibsga oldi.
FXX tushuntirganidek, Gershkovich Yekaterinburgda «maxfiy ma’lumot olishga urinayotganda» ushlangan. Keyinroq Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalist «jinoyat ustida qo‘lga olinganini» aytdi.
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan suhbatda WSJ jurnalisti qo‘lga olinishidan xavotir bildirdi va uni zudlik bilan ozod etishga chaqirdi.
Shuningdek, rossiyalik jurnalistlar va jamoat arboblari ham Gershkovichga qo‘yilgan ayblovning mazmun-mohiyati ishonchliligiga shubha bildirib, uni ozod qilishga chaqirishgan edi.
Mavzuga oid
23:50 / 11.01.2026
AQSh Eronga qo‘shin jo‘natish ehtimolini ko‘rib chiqmayapti – OAV
18:06 / 10.01.2026
Venesuela va AQSh diplomatik munosabatlarni tiklamoqchi
16:59 / 10.01.2026
Ishinger: Rossiya yevropaliklar bilan emas, AQSh bilan muzokaraga qiziqyapti
14:26 / 10.01.2026