Xitoy birinchi marta COVID-19 tadqiqotining dastlabki natijalarini e’lon qildi
G‘arb olimlari xitoylik hamkasblarining xulosalarini talqin qilishda ehtiyot bo‘lishga chaqirishdi.

Foto: Imaginechina Limited/Alamy
Xitoyning Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi olimlari COVID-19 pandemiyasining boshida, ya’ni 2020 yil yanvar oyida Uhan bozoridagi dengiz mahsulotlari namunalarini o‘rganishdi.
Ammo tadqiqot natijalari Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) talabidan keyin Nature jurnalida faqat hozir e’lon qilinmoqda.
Qayd etilishicha, xitoylik olimlar kovid bilan kasallangan dastlabki bemorlardan biri Uhan bozoriga borganini aniqlagach, tadqiqotni boshlagan.
Hammasi bo‘lib, ular Uhan dengiz mahsulotlari va hayvonlar bozoridan olingan 1380 ta namunani tekshirishdi. Tahlil uchun atrof-muhitdan 923 ta va 18 turdagi hayvondan 457 ta namuna olindi.
Virus atrof-muhitdan olingan 73 ta namunada aniqlangan, biroq hayvonlardan olingan namunalarning hech birida topilmagan. Olimlar taxminiga ko‘ra, odamlar virusni dengiz mahsulotlaridan yuqtirgan bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga, xitoylik tadqiqotchilar ushbu topilmalar koronavirusning hayvondan odamga yuqishi natijasida paydo bo‘lganini isbotlash uchun yetarli emasligini ta’kidlamoqda. Olimlar koronavirusning kelib chiqishi noaniqligicha qolmoqda degan xulosaga borgan.
G‘arb olimlari faqat uch yildan so‘ng chop etilgan tadqiqot natijalarini sinchiklab talqin qilishga chaqirishdi. Ular pandemiyaning dastlabki davrida koronavirus manbasini aniqlash uchun kengroq tadqiqotlar o‘tkazish zarurligiga ishora qilishdi.
JSST olimlari uzoq vaqtdan beri koronavirus qayerdan kelib chiqqanini aniqlashga harakat qilmoqda. Tashkilot hatto o‘z mutaxassislarini Xitoyga yubordi, ammo bu hech qanday natija bermadi.
Fevral oyida JSST rahbariyati koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha tadqiqotlar boshi berk ko‘chaga kirib qolganini tan oldi va Xitoyni kasallik, ayniqsa uning tarqalishining dastlabki bosqichlari haqidagi ma’lumotlarni baham ko‘rishga chaqirdi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Hurgadaga: dengiz, quyosh va sharqona ertak
O‘zbekiston | 09:00 / 21.05.2025
-
AQSh davlat kotibi Rossiya prezidentini harbiy jinoyatchi deb atashdan bosh tortdi
Jahon | 01:12
-
«AQSh bilan savdo nizolarini tezroq hal qilishimiz kerak» - G7 yig‘ilishidagi so‘nggi ma’lumotlar
Jahon | 00:45
-
Britaniyaliklar Everestni yangi usulda zabt etdi
Jahon | 23:43 / 21.05.2025
Mavzuga oid

23:35 / 20.05.2025
Xitoy kosmik stansiyasidan noma’lum mikrob shtammi topildi

22:58 / 20.05.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalarga qarshi kurash bo‘yicha yangi global bitimni tasdiqladi

22:28 / 20.05.2025
Trampning savdo urushi: u Xitoyga yon berdimi?

22:29 / 19.05.2025