Xalqning «ko‘zini ochgan» loyiha

So‘nggi yillarda ko‘cha-ko‘yda, jamoat transportida ham ko‘pchilik «Open budget»ga ovoz berish masalasini gapirib, kimlardir targ‘ib qilmoqda. Loyihaga befarq bo‘lmaganlar nima qilib bo‘lsa ham o‘z qishlog‘i, mahallasidagi loyiha g‘olib bo‘lishi payida.

Ovoz berish uchun turli xil rag‘batlantirish yo‘llari o‘ylab topilmoqda.

Bu yilga kelib juda ko‘pchilik maktablar, kasalxona va QVPlar nega «Open budget»ga kiritilgani haqida savol bera boshladi.

Ya’ni odamlarimiz maktab va kasalxonalarni davlat o‘z vaqtida ta’mirlab qo‘yishi kerak-ku, degan xulosaga kelishi uchun naq 32 yil kerak bo‘ldi. Endi odamlar davlat budjetidagi pullar o‘ziniki ekanini asta-sekin anglay boshladi. Tez orada odamlarimiz biz intilayotgan fuqarolik jamiyatidagi eng asosiy savolni ham bera boshlaydi: «Xo‘sh, budjet pullari qayerga sarflanyapti?»

Xullas, «Open budget» sayti xalqimizning asosiy muammolarini lakmus qog‘ozidek ko‘rsatmoqda: yo‘llar yomon, ichimlik suvi yetib bormagan, elektr ko‘p o‘chadi – transformator va simyog‘ochlar kerak, maktablarda o‘qish uchun, kasalxonalarda davolanish uchun sharoit yo‘q...

Loyihaning o‘tgan ikki mavsumida odamlar shunchalik ko‘p muammosini hal qila oldiki, natijada «Open budget» virus kabi juda ommalashib ketdi. Odamlar o‘z faolligi evaziga davlatdan aslida o‘ziga tegishli bo‘lgan pulni o‘z umumiy muammosini hal qilish uchun olish mumkinligiga ishona boshladi.

Ammo xalqning puli taqsimlanayotgan bu loyihadagi barcha takliflarni ham jo‘yali deb bo‘lmaydi. Quyida mana shunday bir misolni keltiramiz.

Tuturiqsiz uch loyiha

Samarqand viloyati Paxtachi tumaniga «Open budget»ning uchinchi mavsumi uchun jami 7,2 milliard so‘m ajratilgan. Bu esa o‘rtacha 10 ta loyiha uchun yetarli pul. Ya’ni bir tumanda loyihaning bir mavsumi davomida 10 ta ko‘cha obod bo‘lib qolishi mumkin, degani. Ammo ovoz berish yakunlariga ko‘ra bunaqa bo‘lmadi.

Paxtachi tumani markazi Ziyovuddin shaharchasi

Gap shundaki, Paxtachi tumanida ovoz berish natijalari bo‘yicha «kuchli beshlik»dan birgina istirohat parkning uchta taklifi o‘rin olgan. Masalan, tuman markazidagi