«Taşabbusli budjet» jarayonining 2025 yil 1-mavsumi uçun ovoz beriş yakunlariga köra, 3,2 trillion sömlik 2369 ta loyiha ğolib deb topildi.

Şulardan eng köpi – 964 tasi (1,4 trln sömlik) içki yöllarni ta’mirlaş bilan boğliq tadbirlar, deb xabar berdi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. Keyingi örinlarda maktablar va soğliqni saqlaş muassasalarini ta’mirlaş bilan boğliq tadbirlar.

«Taşabbusli budjet» 2025 yil 1-mavsumida ğolib bölgan loyihalar:

- 964 ta — içki yöllarni ta’mirlaş (1396 mlrd sömlik);

- 699 ta — maktablarni ta’mirlaş va moddiy-texnika bazasini rivojlantiriş (875 mlrd sömlik);

- 247 ta — soğliqni saqlaş muassasalarini ta’mirlaş va moddiy-texnika bazasini rivojlantiriş (329 mlrd sömlik);

- 60 ta — boğçalarni ta’mirlaş va va moddiy-texnika bazasini rivojlantiriş (72 mlrd sömlik);

- 44 ta — köça çiroqlarini örnatiş yoki ta’mirlaş (52 mlrd söm);

- 34 ta — içimlik suvi va oqova tizimini yaxşilaş (49 mlrd söm);

- 321 tasi — boşqa tadbirlar (415 mlrd söm) taşkil etdi.

«Oçiq budjet» portalida «Taşabbusli budjet» jarayonining 2025 yilgi 1-mavsumi ğolib loyihalari 21 mart kuni e’lon qilindi. Jarayonlarda mamlakat böylab jami 10 million 450 mingta ovoz berildi.