Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tashabbusli budjet»ning 2-mavsumida ba’zi mahallalarga tanaffus beriladi
Takroran g‘olib bo‘lgan mahallalar navbatdagi ikki mavsumda ishtirok etmaydi.
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2025 yilgi 1-mavsumi yakunlariga ko‘ra, 2011 ta mahalla g‘olib deb topildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, ushbu mavsum doirasida 329 ta mahalla ilk marotaba g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, 2024 yilgi 2-mavsum doirasida g‘olib bo‘lgan 826 ta mahalla ushbu mavsumda ham takroran g‘olib deb topilgan.
Shu sababli ushbu 826 ta mahalla uchun 2-mavsum hamda 2026 yilgi 1-mavsumda tanaffus beriladi. Mazkur mahallalar (shuningdek, ushbu mahallalarda joylashgan maktab, bog‘cha, tibbiyot muassasalari va boshqa tashkilotlar) navbatdagi ikki mavsum doirasida o‘z loyihalari bilan ishtirok eta olmaydi.
Tanaffus beriladigan mahallalarning to‘liq ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Mavzuga oid
11:10 / 21.03.2026
58 ovozdan 13 ming 386 ovozgacha. «Tashabbusli budjet» g‘oliblari e’lon qilindi
18:28 / 15.03.2026
“Mukofotlar uchun emas, o‘zgarishlar uchun ovoz bering” - Iqtisodiyot va moliya vazirligi
11:03 / 11.03.2026
Turli “o‘yinlar” sabab 10 ta tuman va shahar “Tashabbusli budjet”da sanksiyaga uchradi
12:58 / 03.03.2026