Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ChatGPT tufayli yo‘qolishi mumkin bo‘lgan 10 ta kasb sanab o‘tildi
Kelajakda ChatGPT chatboti va shunga o‘xshash sun’iy intellekt ishlanmalari dasturchilar va jurnalistlarning o‘rnini bosishi mumkin.
Foto: REUTERS/Dado Ruvic/Illustration
ChatGPT chatboti bor-yo‘g‘i bir necha oydan beri mavjud, biroq u allaqachon texnologiya hamjamiyatida juda ko‘p shovqin yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ChatGPT va shunga o‘xshash sun’iy intellekt ishlanmalari ba’zi kasblarga tahdid solishi mumkin.
Business Insider portali mutaxassislari neyrotarmoqlarning rivojlanishi tufayli to‘liq yoki qisman yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan 10 ta kasbni sanab o‘tishdi.
Ular quyidagilar:
- texnik vakansiyalar (koderlar, dasturchilar, dasturiy ta’minot muhandislari, ma’lumotlar tahlilchilari);
- ommaviy axborot vositalaridagi ish o‘rinlari (bosh direktor, muharrirlar, jurnalistlar);
- yuridik sohadagi ish o‘rinlari (parayurist, yurist yordamchisi);
- marketologlar;
- o‘qituvchilar;
- moliyaviy ish o‘rinlari (moliyaviy tahlilchilar, shaxsiy moliyaviy maslahatchilar);
- treyderlar,
- grafik dizaynerlar;
- buxgalterlar,
- qo‘llab-quvvatlash xizmati xodimlari.
2013 yilda Oksford universitetida o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, keyingi 20 yil ichida AI (sun’iy intellekt) tufayli Amerikadagi ish o‘rinlarining 47 foizi qisqartirilishi mumkinligi aytilgan edi. Ammo Goldman Sachs tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, generativ sun’iy intellekt dunyo bo‘ylab 300 million xodimni turli darajalarda almashtirishi mumkin, bu esa mehnat bozorida «sezilarli uzilishlar»ga olib keladi.
Shu bilan birga, sun’iy intellekt sohasidagi ba’zi mutaxassislar sun’iy intellekt ish jarayonida yordam berishi mumkinligiga ishonishadi, ammo xatolar va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun odam uni nazorat qilishi lozimligini aytishadi.
ChatGPT - bu bir necha oy ichida yuqori texnologiyali dunyoda ko‘p shov-shuvlarga sabab bo‘lgan chatbot. U oson va ishonchli tarzda murakkab savollarga javob bera oladi, shuningdek, buyruq bo‘yicha nasr, she’r yoki kompyuter kodini yoza oladi. U hatto o‘sish sur’ati bo‘yicha TikTok ijtimoiy tarmog‘ini ham ortda qoldira oldi.
Tavsiya etamiz
Rossiyaning migratsiya siyosati: integratsiya emas, begonalashtirish...
Jahon | 22:31 / 30.10.2025
Noyabrda qanday ob-havo kutilmoqda?
O‘zbekiston | 20:04 / 30.10.2025
Finlandiya prezidenti Toshkentga UzAirways'ning odatiy reysida uchib keldi
O‘zbekiston | 16:03 / 30.10.2025
Isitish mavsumi qachon boshlanadi?
Jamiyat | 12:03 / 30.10.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston aholisi oziq-ovqatga daromadining 1/3 qismini sarflamoqda – tahlil
Iqtisodiyot | 17:58
-
O‘zbekistonlik qahramon: Sochidagi yong‘inda haydovchi yigit ona-bolaning hayotini qutqarib qoldi
Jahon | 17:47
-
Ochiq budjetda rekord: “Mening maktabim” loyihasiga 112 mingta taklif kelib tushdi
Jamiyat | 17:20
-
Tashkent City Mall Embrass 2025 xalqaro mukofotida "Yil kashfiyoti" deb topildi
O‘zbekiston | 17:00
Mavzuga oid
20:08 / 28.10.2025
Har hafta milliondan ortiq odam ChatGPT bilan o‘z joniga qasd qilish haqida suhbatlashadi
23:32 / 21.10.2025
ChatGPT asoschisi sun’iy intellektga ega brauzerni taqdim etdi
09:35 / 03.10.2025
ChatGPT ishlab chiquvchisi dunyodagi eng qimmat startapga aylandi
21:45 / 16.09.2025