Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 14 aprel kuni uchun 150 yil ichidagi eng issiq harorat kuzatildi
Kecha poytaxt Toshkent shahrida 14 aprel kuni uchun so‘nggi 150 yillikdagi eng issiq harorat kuzatildi. Bu haqda “O‘zgidromet” mutaxassisi Erkin Abdulahadov xabar bermoqda.
Foto: Kun.uz
Qayd etilishicha, 14 aprel poytaxtda harorat maksimumi qariyb +35 darajaga yetdi va bu shu kun uchun eng issiq bo‘lib turgan 1946 yil 14 aprelda qayd etilgan +32.6 darajali issiq harorati rekordini 2 darajaga yangiladi.
Avvalroq dam olish kunlari ob-havo keskin o‘zgarishi, kuchli shamol va yomg‘ir kutilayotgani xabar qilingandi.
Yakshanba kuni respublikada yog‘ingarchilik kutilmaydi., faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlari ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kechasi +10...+15 darajani, kunduzi +20...+25 darajani tashkil etadi, shimolda kechasi +0...+5 darajagacha, kunduzi +7...+12 darajagacha pasayadi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, dam olish kunlari ba’zi joylarda qorga aylanadi. Dam olish kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Mavzuga oid
10:00 / 05.03.2026
Milliy bog‘da katta qurilish: daraxt kesilgani uchun kim javob beradi?
18:50 / 04.03.2026
Toshkent bosh rejasining o‘zgarishi: endi ayrim joylarda 30-40 qavatgacha qurilish qilsa bo‘ladi
13:44 / 04.03.2026
Toshkent markaziy ko‘chalarida 200 dan ortiq daraxtda kasallik belgilari aniqlandi
11:47 / 04.03.2026