Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlandiyada Yevropadagi eng yirik yadroviy reaktor ishga tushirildi
«Olkiluoto-3» elektr energiyasi narxini barqarorlashtirishi kutilmoqda.
Finlandiyada 1600 megavatt quvvatga ega Yevropaning eng yirik yadroviy reaktori ishga tushirildi. Bu - Olkiluoto orolidagi atom elektr stansiyasining uchinchi energiya bloki.
Yadro reaktori o‘tgan yilning dekabr oyida muntazam ravishda elektr energiyasi ishlab chiqarishni boshlashi kerak edi, biroq texnik nosozliklar tufayli kechiktirildi.
Uning ishga tushirilishi bilan Olkiluoto atom elektr stansiyasi Finlandiya elektr energiyasining 30 foizini ishlab chiqaradi. Olkiluoto-3 kamida 60 yil ishlashi kutilmoqda.
«Olkiluoto-3» elektr energiyasi narxini barqarorlashtiradi va Finlandiyaning yashil energiyaga o‘tishida muhim rol o‘ynaydi, - dedi Teollisuuden Voima (TVO) elektr stansiyasi operatori rahbari Yarmo Tanxua.
Reaktorning ishga tushirilishi, shuningdek, Finlandiyaga Rossiyadan elektr energiyasi importining to‘xtatilishi oqibatida yuzaga kelgan kamomadni ham to‘liq qoplaydi.
Reaktor qurilishi 2005 yilda boshlangan. Dastlab, uni ishga tushirish 2009 yilga mo‘ljallangan, biroq texnik qiyinchiliklar tufayli ko‘p marta qoldirilgan edi.
Mavzuga oid
09:10 / 07.06.2026
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
16:12 / 05.06.2026
AESda ishlab chiqarilgan 1 kWh elektr narxi 1000 so‘mdan past bo‘ladi - Azim Ahmadxo‘jayev
10:59 / 05.06.2026
O‘zbekistonda quriladigan AES qiymati 9,5 milliard dollardan oshmaydi - "O‘zatom" direktori
08:19 / 05.06.2026