Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘arb Ukrainaning qarshi hujumiga Rossiyaning keskin javobini kutmoqda – OAV
G‘arb davlatlari yadroviy tahdidlar va kiberhujumlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Ukrainaning bo‘lajak hujumiga qarshi Rossiya o‘zidagi barcha vositalardan, jumladan yadroviy tahdidlar va kiberhujumlardan foydalanishi mumkin. G‘arb davlatlari ham bunga tayyorlanmoqda, deb yozdi The Guardian.
Jumladan, Britaniya diplomatlari G7 davlatlarini Moskvaning keskin choralariga tayyor bo‘lishga chaqirmoqda. Shu kunlarda Yaponiyada «Katta yettilik» mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tyapti.
Uchrashuvda G7 davlatlari vazirlari Ukrainadagi mojaroga barham berishning kelajakdagi istiqbollari haqida «ochiq fikr almashgan». Britaniya tomoni mojaroni yakuniy hal etishning yagona yo‘li rus qo‘shinlarini Donbass va Qrim hududidan olib chiqilishi deb hisoblayapti.
Shu bilan birga, London Kiyevning faol chaqiriqlariga qaramay, Ukrainaga harbiy yordamni cheksiz kuchaytira olmaydi, deb ta’kidlaydi The Guardian. Buyuk Britaniya allaqachon «qora kunga asrab qo‘yilgan zaxiralardan» yordam ajratishni va’da bergan.
Nashrning ta’kidlashicha, agar G‘arb tavakkalga bormasa va harbiy yordam darajasini oshirmasa, Ukrainadagi mojaro to‘xtab qoladi.
«Harakatlar hali ham ritorikaga mos kelmaydi», deb yozdi The Guardian.
Mavzuga oid
10:00
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
20:04 / 08.06.2026