Toshkentda “gazzapravka”da navbat talashganlar 6 oydan 1,1 yilgacha qamaldi
Mushtumzo‘rlar o‘zlarini tinchlantirmoqchi bo‘lgan fuqaroni urib burnini sindirishgan, pichoq bilan hamla qilib uning hayotiga qasd qilishgan.
2022 yilning 30 dekabrida Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida navbat talashish ortidan kelib chiqqan janjal ishtirokchilariga sud hukmi o‘qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, sudlanuvchilar tomonlarni tinchlantirmoqchi bo‘lgan boshqa bir yigitning ham tanobini tortib qo‘yishmoqchi bo‘lishgan. Shu maqsadda ulardan biri jabrlanuvchiga musht tushirgan bo‘lsa, yana bir sudlanuvchi fuqaroning bo‘yniga pichoq tiragan.
“Zapravkaga borsam bolalar urishishayotgan ekan. Ularning oldiga borib janjal qilmanglar deganimni bilaman, bir kishi kelib tashlanib ketdi. Oldin u bilan tanish bo‘lmaganman. Uning sheriklari meni u yoqdan bu yoqqa sudrashdi, bittasi orqamdan kelib bo‘ynimga pichoq tiradi. Shu jarayonning o‘zida uchinchi shaxs kelib menga pichog‘i bilan tashlandi. Pichoq kurtkamning cho‘ntak qismiga kirib, yirtib chiqib ketdi. O‘sha jarayonda ular birlashib meni urib ketishdi, mushtlashuvda burnim sindi”, deya sudda ko‘rsatma bergan jabrlanuvchi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tumani sudida holat bo‘yicha jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Sudlanuvchilardan biri o‘sha kuni spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgani va bo‘lib o‘tgan ishlarni eslay olmasligi aytgan. Tergov davomida aynan shu sudlanuvchi inson o‘limi bilan bog‘liq avtohalokatni sodir etgani va sud tomonidan unga nisbatan uy qamog‘i jazosi tayinlangani aniqlanadi.
“Bolalar bilan uyda o‘tirib, ozgina bayram qilgandik. Keyin tarqalamiz deb ko‘chaga chiqdik. Zapravka tomonga yurdik. Borsak baqir-chaqir bo‘layotgan ekan. Odam judayam ko‘p edi. U yog‘ini eslay olmayman”, deydi sudlanuvchi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tumani sudi tomonidan ishga doir materiallar to‘liq o‘rganilib, guvohlar ko‘rsatmalari tinglangan.
Sud tomonidan muqaddam sudlangan, biroq berilgan jazo talablariga amal qilmagan, boz ustiga spirtli ichimlik ta’sirida yana jinoyatga qo‘l urgan sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” va “v” bandlari (Bir guruh shaxslar tomonidan sovuq qurol yoki kishining sog‘lig‘i uchun amalda shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan narsalarni (qurol sifatida) namoyish qilib, ularni qo‘llash bilan qo‘rqitib yoxud qo‘llagan holda bezorilik sodir etish)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan deb topildi.
Unga 59-moddaning 8-qismi va 61-moddalarga asosan 1 yil muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinib, 1 yil-u 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi va sud zalining o‘zidayoq qamoqqa olindi.
Janjalda ishtirok etgan yana 2 nafar sudlanuvchiga esa 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Argentinada rossiyalik josuslar tarmog‘i fosh qilindi
Jahon | 02:44
-
Eron Trampning so‘zlaridan keyin AQShga norozilik notasi yubordi
Jahon | 01:25
-
Eron Isroilga qarata yangi turdagi ballistik raketani uchirdi
Jahon | 00:36
-
Rossiya Finlandiya chegarasi yaqinida qo‘shinlarini ko‘paytirmoqda – OAV
Jahon | 23:56 / 18.06.2025
Mavzuga oid

10:10 / 22.02.2025
“O‘tgan yili 1 km navbat bo‘lsa ham gaz quyardik” - vodiyda metan muammosi

14:50 / 20.02.2025
2025 yilda shifokor qabuliga navbat to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi – bu qanchalik real?

13:34 / 11.02.2025
2025 yilda shifokor qabuliga navbat to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi

14:40 / 08.02.2025