Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Ukrainaga yangi yordam paketi to‘g‘risida e’lon qildi
325 million dollarlik 36-harbiy yordam paketiga HIMARS YaO‘RT uchun o‘q-dorilar, artilleriya va aviatsiya, 9 milliondan ortiq o‘qotar qurol patronlari, port va bandargoh xavfsizligi uskunalari hamda boshqa jihozlar kiradi.
Foto: AP
AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukrainaga yangi harbiy yordam ko‘rsatishini e’lon qildi. 19 aprel, chorshanba kuni Pentagon saytida xabar qilinganidek, 325 million dollarlik paketga HIMARS YaO‘RT o‘q-dorilari, 155 va 105 millimetrli artilleriya snaryadlari, TOW tankka qarshi boshqariladigan raketalar, AT-4 tankka qarshi tizimlari, tank minalari, to‘siqlarni yengib o‘tish uchun o‘q-dorilar, 9 milliondan ortiq o‘qotar qurol patronlari, aniq boshqariladigan aviatsiya o‘q-dorilari, port va bandargohlarni qo‘riqlash uskunalari hamda boshqa jihozlar kiradi.
Ushbu harbiy yordam paketi Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli tajovuzkorligi boshlanganidan beri ketma-ket 36-yordam bo‘ldi. Pentagon aniqlik kiritishicha, 2022 yil fevralidan beri AQShning Ukrainaga bergan harbiy yordami umumiy miqdori 35,4 milliard dollarga yetgan.
Pentagon 4 aprel kuni AQShning Ukrainaga 2,6 milliard dollarlik harbiy yordam ko‘rsatishi haqida ma’lum qildi. U Patriot zenit-raketa tizimlari va HIMARS raketa tizimlari uchun o‘q-dorilar, 23 million patronlar, havo kuzatuvi radarlari, tankka qarshi va minomyotlarga qarshi tizimlar hamda o‘q-dorilarni o‘z ichiga olgan.
Mavzuga oid
19:30 / 22.04.2026
Sizranda Ukraina zarbasi oqibatida ko‘p qavatli uy pod’yezdi quladi
13:51 / 22.04.2026
Tuapseda Ukraina hujumidan keyin «neft yomg‘iri» yog‘di
11:45 / 22.04.2026
Tramp Eron bilan vaqtinchalik sulhni uzaytirdi
09:41 / 22.04.2026