O‘zbekiston eksportida Rossiya birinchi o‘ringa ko‘tarildi
2021 yilda O‘zbekiston eksportida Xitoy ulushi eng yuqori bo‘lgan, 2022 yildan boshlab bu ko‘rsatkich bo‘yicha Rossiya birinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda O‘zbekiston Rossiyaga 3,1 mlrd dollarlik tovar va mahsulotlarni eksport qildi. Natijada, bu mamlakat O‘zbekiston eksportida birinchi o‘ringa chiqib oldi. 2021 yilda bu ko‘rsatkich bo‘yicha Xitoy (2,5 mlrd dollar) oldinda edi.
Tarkiban olib qaralganda, O‘zbekiston eksportidagi top-5 mamlakatlar 2 yil davomida o‘zgarishsiz qoldi – o‘zbek tovar va mahsulotlari yuqoridagi ikki mamlakatdan tashqari Turkiya, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda bozori chaqqonligicha qolgan.
2022 yilda O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar:
- Rossiya - $ 3,1 mlrd;
- Xitoy - $ 2,5 mlrd;
- Turkiya - $ 1,5 mlrd;
- Qozog‘iston - $ 1,4 mlrd;
- Qirg‘iziston - $ 979 mln.
2021 yilda O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar:
- Xitoy - $ 2,5 mlrd;
- Rossiya - $ 2,1 mlrd;
- Turkiya - $ 1,7 mlrd;
- Qozog‘iston - $ 1,2 mlrd;
- Qirg‘iziston - $ 791 mln.
2023 yil yanvar-mart oylarida ham vaziyat deyarli o‘zgarmadi. Faqat yuqori beshlikka kiruvchi davlatlar qatorida Qirg‘iziston o‘rnini Afg‘oniston egalladi, Turkiya esa Xitoydan o‘zib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.
2023 yil yanvar-mart oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar:
- Rossiya - $ 736,2 mln;
- Turkiya - $ 336,4 mln;
- Xitoy - $ 334,1 mln;
- Qozog‘iston - $ 280 mln;
- Afg‘oniston - $ 178,2 mln.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
-
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi
Jahon | 23:18 / 10.05.2025
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28 / 10.05.2025
-
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi
Jamiyat | 22:20 / 10.05.2025
Mavzuga oid

16:04 / 10.05.2025
Xitoy Andijonda avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishi mumkin

20:39 / 09.05.2025
Tramp Xitoy tovarlariga bojlarni kamaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

18:33 / 09.05.2025
Xitoyda hayvonlar ovozini inson tiliga o‘giruvchi dastur bo‘yicha ish boshlandi

13:31 / 09.05.2025