Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston aholisi 2050 yilga borib Yevrosiyodagi 50 mamlakat ichida 6-o‘ringa chiqishi mumkin
2050 yilga borib O‘zbekiston o‘zining 60 millionga yaqinlashgan aholisi bilan Polsha, Ukraina, Ispaniya va Italiyani ortda qoldiradi. Bu haqda Bostondagi ESG Wealth kompaniyasi rahbari Alisher Jumanov ma’lum qildi.
Kolumbiya va Oksford universitetlarida o‘qigan, 25 yildan uzoqroq vaqtdan beri dunyo bo‘ylab investitsion banking sohasida faoliyat yuritayotgan Alisher Jumanov 23 aprel kuni Parijda bo‘lib o‘tgan “O‘zbekistonlik. GENERATING IDEAS” xalqaro forumida nutq so‘zladi.
“Inson kapitali bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazadigan aql markazimiz hisob-kitoblariga ko‘ra, 2023 yilda Yevropa va MDH mamlakatlari ichida O‘zbekiston bir yilda tug‘iladigan chaqaloqlar soni bo‘yicha 1-o‘rinni egallamoqda. 1950 yilda O‘zbekiston aholisi 6 milliondan oshiqroqni tashkil etib, Yevrosiyodagi 50 mamlakat ichida 20-o‘rinda bo‘lgan. 2050 yilga borib nufusimiz 60 millionga yetsa, bu nafaqat ro‘yxatda top o‘ntalikka kirishimiz, balki aholimiz 100 yillik davr ichida 10 barobar o‘sishini bildiradi”, deydi Jumanov.
Ushbu fikrlar “O‘zbekistonlik. GENERATING IDEAS” forumi doirasida bo‘lib o‘tgan "Tuz ichidagi ayol" art ko‘rgazmasi hamda Pepsi Food Show kabi ma’lumotlar almashish uchun qulay maydonlarda bo‘lgani e’tiborga molikdir.
Uzbekistan’s club matbuot xizmatiⓉ
Mavzuga oid
10:10
34 yilda 9 yoshga o‘sish: o‘zbekistonliklar uzoqroq umr ko‘rmoqda
08:18 / 23.06.2026
Xarita: qaysi davlatlarda 65 yoshdan oshganlar ulushi eng yuqori?
08:58 / 22.06.2026
Namangan aholi soni eng tez o‘sgan va eng zich shahar bo‘ldi
08:30 / 19.06.2026