Avtomobil sanoati özining bir yarim asrlik tarixida köplab noodatiy maşinalarni ommaga taqdim etgan. Ular qatorida yaqinda hikoya qilganimiz, Phantom Corsair ham bor. Bugungi hikoya esa u haqida emas. Balki, özining kiçikligi, xunukligi va öta noqulayligi bilan tarixda qolgan Messerschmitt Kabinenroller haqida gaplaşamiz. Körganda odamning yuzida kulgi uyğotadigan uşbu avtomobil nomini birinçi martada töğri aytişning özi muşkul. Bir martada töğri öqiy olmadingizmi? Demak, siz yolğiz emassiz.

Messerschmitt Kabinenroller nemis avtomobilsozligining uruşdan keyingi eng original ixtirolaridan biri bölgan, uni katta daromadga ega bölmagan xaridorlar uçun yaratişgan. Uşbu transport vositasini maşina va mototsikl örtasida kesişgan deb ta’riflaş ham mumkin.

U özining taşqi körinişi bilan samolyot old qismini eslatib yuboradi. Biroq bu uning samolyot bilan yagona öxşaşligi emas. Boisi maşinada ham ayrim samolyotlarda bölgani kabi eşik yöq edi. Maşinaga şaffof oyna orqali ötirib oliş mumkin edi, xolos.
Özi Messerschmitt’ni töliq ma’noda avtomobil deb ham atab bölmaydi. Odamlar unga mikrokar, aniqroği örindiqlarga ega motoroller (kabinenroller) sifatida qaragan. Bu maşinalar uzoq vaqt davomida işlab çiqarilmagan, biroq nomidagi ikkinçi qismni şu qisqa vaqt içida 3 marta özgartirişga ulgurgan. Faqatgina Messerschmitt nomi özgarişsiz qolavergan. Qayd etiş kerak, bu nomning aviakonstruktor Villi Messerşmittga heç qanday aloqasi yöq.

Işlab çiqariş boşlanişi
1946 yildan boşlab uç oyoqli uşbu “maxluq”lar hikoyasi boşlangan. Uruşdan keyin nogironga aylanganlar soni Germaniyada ham kam emasdi. Rozenhaymlik muhandis Frits Fend ularga yordam berişni niyat qiladi. Fend uni dastlab oyoq yoki qöl bilan boşqariladigan odatiy nogironlik araçasi körinişida yasaydi. Ixtiroçi 1948 yilga kelib, unga özgartirişlar kiritadi: kiçik mototsikl dvigatelini örnatadi. Uning quvvati atigi 3 ot kuçiga ega bölgan, biroq bu nogironlik aravaçasi uçun yetarli edi.
Fendning ixtirosida atigi 3 ta ğildirak bölib, ortki bittasi harakatlantiruvçi edi. Uning oğirligi 175 kg bölgan, ğildiraklar velosipedniki edi. Kuzov esa bir kişilik va usti oçiq edi. Frits Fend ixtirosini juda tez fursatlarda işlab çiqarişga qöyadi. U dizaynidan kelib çiqib, 800—1300 marka atrofida xaridorlarga taklif etilgan. Bu nogironligi bor şaxslar uçun ham öşa vaqtda katta mablağ edi. Biroq sotuv tom ma’noda uçişni boşlaydi.

1950 yilga kelib Fend modellar qatorini yangilaşga qaror qiladi. Örindiqlar soni 2 taga yetadi va ular ketma-ketlikda joylaştiriladi. Endi uning tomi ham bölib, u şaffof oynadan edi. Transport vositasining atigi bitta — oldni yoritiş çiroqlari bölgan. Ruli esa bir vaqtning özida velosiped ruli va samolyotning şturvaliga öxşab ketardi. Yangi model 2000 markaga baholangan bölsa ham, öz xaridorlarini topgan.
Fend 250 ta şunday modelni işlab çiqarganidan söng yana özgarişga qöl uradi. Va nihoyat bu safar birinçi haqiqiy “kabinenroller”ni yaratadi. An’anaga köra, yangi model ham uç ğildirakli edi. Biroq unga birmunça kuçliroq dvigatel — Fichtel & Sachs kompaniyasining 9 ot kuçiga ega motori örnatiladi. Şu bilan birga model avvalgilaridan yengilroq böladi — 150 kg. Uni xohişga qarab soatiga 80 km tezlikka çiqariş imkoniyati bor edi.
Katta nom
Frits Fendning biznesi gullab-yaşnayotgan bir vaqtda aviatsiya giganti — “Messerşmitt” kompaniyasi bankrotlikdan jon saqlaş uçun kuraşayotgandi. Boisi kompaniyaga aviatsiya bilan boğliq istalgan mahsulotni işlab çiqariş taqiqi qöyiladi. Kompaniya rahbariyati esa jon saqlab qoliş uçun istalgan narsani işlab çiqarişga tayyor edi. Şunda Fend va kompaniya topişadi. Biroq ularni kim va qaçon uçraştirgani haqida heç qanday ma’lumot yöq. Fakt şuki, 1953 yilga kelib uç ğildirakli avtomobillar Bavariya şahrida joylaşgan Regensburg maşinasozlik zavodida işlab çiqarila boşlaydi. Bu zavod esa “Messerşmitt” kompaniyasiga aloqador edi.

Xuddi şu yili Jyenevadagi avtokörgazmada uç ğildirakli avtomobil Messerschmitt KR-175 (töliq nomi Messerschmitt Kabinenroller) nomi bilan taqdim etiladi. Nomdagi raqamlar dvigatelning hajmini bildirardi. Ekspertlar maşinani yaxşi kutib oladi.
1955 yilga kelib yangi model — KR-200 çiqadi. Undagi dvigatel 9,7 ot kuçini berardi. Model yangilanişi ortidan uning vazni 240 kilogrammga yetgan. Öz sinfi uçun aql bovar qilmas tezlikni qayd eta olgan — soatiga 100 km. Yuz kilometr masofa uçun 3-3,5 litr benzin sarf qilgan.
Regensburgdagi zavodda reklama maqsadlarida hatto Messerschmitt’ning sport versiyasini ham yiğişadi. U sinovlarda soatiga 140 km tezlikni körsatadi. Biroq reklamalarsiz ham uşbu modelga talab yuqori bölib ketadi. 1955–1956 yillarda zavod kuniga 50 ta uç ğildirakli “tulporlar”ni çiqaradi.

Germaniyada yaxşi sotilib turgan maşinalar çet elga ham eksport qilinadi. Biroq hammasi 1956 yilda baribir yakuniga yetadi. Boisi “Messerşmitt” kompaniyasiga samolyot işlab çiqarişga ruxsat beriladi. Şundan söng kompaniyaning oğir damlarida jon saqlaşiga yaragan maşinalarni işlab çiqarişdan voz keçiladi.
«Kelajak avtomobili» — bir nusxada yaratilgan Phantom Corsair haqida (foto)











