Oktyabrda ayrim avtomobillar narxi biroz pasaydi
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan oktyabr oyidagi avtomobil narxlari tahlil qilindi.

Foto: Kun.uz
2024 yilning oktyabr oyida ikkilamchi avtomobil bozorida Lacetti, Damas, Labo narxlari pasayishda davom etdi. Spark’ning o‘rtacha narxi bir oz ko‘tarilgan bo‘lsa, Cobalt va Nexia narxlarida deyarli o‘zgarish kuzatilmadi.
Oktyabr oyida ikkilamchi bozorda ko‘p foydalanilgan Lacetti, Damas, Labo’ning o‘rtacha narxi sentabr oyiga nisbatan mos ravishda 1,5 foiz, 6,3 foiz va 2 foizga pasaygan bo‘lsa, o‘rtacha foydalanilganlari mos ravishda 0,3 foiz, 0,6 foiz va 3,5 foizga arzonladi. Ko‘p foydalanilgan Spark avtomobilining o‘rtacha narxi 2,2 foizga, o‘rtacha foydalanilgani 2,9 foizga oshgan bo‘lsa, Cobalt va Nexia narxlarida sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi.
Mahalliy ommabop avtomobillar uchun oktyabr oyida taklif qilingan o‘rtacha narxlar quyidagilarni tashkil qildi:
- Lacetti: kam foydalanilgan — 15 236 (15 452) dollar, ko‘p foydalanilgan —13 300 (13 500) dollar;
- Damas: kam foydalanilgan — 8 250 (8 300) dollar, ko‘p foydalanilgan — 7 500 (8 000) dollar;
- Spark: o‘rtacha foydalanilgan — 10 500 (sentabr oyida – 10 200) dollar, ko‘p foydalanilgan — 9 200 (9 000 dollar).
Oktyabr oyida mahalliy lyuks avtomobillaridan Equinox narxlari sezilarli o‘zgargan bo‘lsa, Malibu va Tracker narxlari deyarli o‘zgarmadi. Jumladan, mazkur davrda kam va o‘rtacha foydalanilgan Equinox’ning o‘rtacha narxlari sentabr oyiga nisbatan mos ravishda 1,5 foiz va 6,3 foizga arzonlagan bo‘lsa, ko‘p foydalanilgani 1,9 foizga oshdi.
Equinox uchun oktyabr oyida taklif qilingan o‘rtacha narxlar quyidagicha: kam foydalanilgan - 33 000 (33 500) dollar, o‘rtacha foydalanilgan — 30 000 (32 000) dollar; ko‘p foydalanilgani — 27 000 (26 500) dollar.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonliklar Turkiyadagi yolg‘on ish takliflari haqida ogohlantirildi
Jamiyat | 10:49
-
Shols Rossiyaning Sumi shahriga zarbasini «vahshiyona hujum» deb atadi
Jahon | 10:30
-
Mbappe «Real»dagi ilk qizilini oldi, Saloh rekord qo‘yishda davom etmoqda. Kun o‘yinlari
Sport | 10:27
-
Toshkentdagi ko‘chalardan birida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi
Jamiyat | 09:54
Mavzuga oid

21:25 / 12.04.2025
Piskentdagi avtomobil sinovining videosi tarqaldi. Mas’ullar “noto‘g‘ri talqin” bo‘layotganini aytmoqda

21:10 / 12.04.2025
Yakuniy energotariflar, Tahoe defitsiti va $50 milliardga yaqin zaxira - hafta dayjesti

11:53 / 11.04.2025
Piyoz narxi nega qimmatlashdi?

22:40 / 08.04.2025