
Phantom Corsair’ning yaratilişi öziga xos tarixga ega. Uning yaratuvçisi Rast Hayns esa heç qaçon tartibli şaxs bölmagan. Işlarini xohişlaridan kelib çiqib bajargan. Xususan, u 22 yoşida nufuzli Yyel universitetidagi öqişini taşlab ketadi va uyiga qaytadi.
Oilasining kutilmalaridan farqli ölaroq, Rast ketçup va mayonez işlab çiqarişga umuman qiziqiş bildirmaydi. Yigit dizayn bilan şuğullanişni boşlaydi. Rast öziga Cord 810/812 avtomobilini sotib oladi va uni qandaydir özgaça körinişga keltirişni istaydi.

Boy oilaning mehnatdan yiroq merosxöri bu jarayonga şu darajada qiziqib qoladiki, köp vaqtini kitoblar va çizmalar bilan ötkazişni boşlaydi. Bu izlanişlar köp ötmay uning qölida Amerika avtomobil sanoatiga butkul notaniş bölgan öziga xos loyiha sifatida namoyon böladi.

Rast orzusidagi avtomobil dunyoga kelişini amalga oşiriş uçun Pasadina şahridagi (Kaliforniya ştati) kuzov atelesi — Bohman&Schwartz’ga murojaat qiladi. Bir neçta sinovlar ötkaziladi, xatolar qilinadi. Şundan söng fastbek körinişidagi töliq alyuminli kuzov tayyor böladi. Avtomobil optimal tezlik xususiyatlariga ega bölişi uçun kuzov aerodinamik sinovlardan ötkaziladi.

Sinov natijalaridan kelib çiqib, sönggi muhim özgarişlardan biri kiritiladi. Suyrilikni oşiriş uçun old ğildiraklarni yaşirişga qaror qilişadi. Kuzov töliq qölda yaratilgan, old va orqa çiroqlar ham maxsus buyurtma bilan yasatiladi. Xrom bilan qoplangan bamperlar kuzovga özgaça yeçim bilan örnatiladi — ular innovatsion teleskopik moslamaga mahkamlanadi.

Avtomobil saloni prototipiga 6 kişi joylaşişi mumkin edi. Oldi qatorga 2 kişi, ortki örindiqqa esa 4 kişi. Limuzinning eşiklari elektron qulflar bilan jihozlanadi — bir marta bosiş bilan eşiklarni avtomat oçiş mumkin böladi. Oynalarga biroz yaşil tus beriladi.
Boşqaruv paneli hatto öta tajribali haydovçini ham dahşatga solardi. Konstruktorlar boşqaruv panelini xuddi samolyotniki kabi qilib işlab çiqişadi — unda turli xil indikatorlar, öçirib-yoqiş tugmalari bor edi. Bundan taşqari haydovçi va yölovçi xavfsizligiga ham juda katta e’tibor qaratilgandi. Yöl transport hodisasi bölganda avtomobil kuzovi bor zarba va zararni öziga olişi hisobga olingandi.

Öz davri uçun avtomobil yaxşigina oğirlikka ega edi — 2086 kg. Biroq 4,7 litr hajmga ega V8 dvigateli uçun buning ahamiyati yöq edi. Avtomobilning old ğildiraklari tortar, mexaniklar dvigatelni 193 ot kuçini berişi uçun yaxşigina mehnat qilgandi. U 4 poğonali uzatmalar qutisi bilan jihozlanadi. Maşina soatiga 185 km tezlikda harakatlanişi mumkin edi. Bu XX asrning 30-yillari uçun juda va juda yaxşi natija edi. Kelajak avtomobil Rast uçun öşa vaqt uçun katta mağlağ — 24 ming dollarga tuşadi.

Yangi yeçimlarga qaramay maşinada kamçiliklar ham köp edi. Jumladan, radiator panjarasi dizayn uçun qurbon qilingani sababli juda kiçkina körinişda işlangandi. Buning oqibatida dvigatel tez fursatlarda qizib ketadi. Old va orqa oynalarda köriş qulayligi ham yaxşi hisobga olinmagandi.
Rost Hayns Phantom Corsair’ning seriyali işlab çiqarilişini xohlardi. U maşinani 15 ming dollardan xaridorlarga taklif etiş istagida bölgan. Avtomobil hatto Esquire jurnalida paydo böladi. 1939 yildagi Butunjahon körgazmasida «Kelajak avtomobili» sifatida ommaga taqdim etiladi.

Biroq baxtga qarşi Rostning orzusi töla amalga oşmaydi. Boisi yigit avtohalokat oqibatida vafot etadi. Uning avlodlari esa maşinani kerakmas deb hisoblaydi. Phantom Corsair’ning yagona nusxasi 50-yillar örtalarida komik Herb Şrayner tomonidan sotib olinadi. Orada maşinaga biroz özgartirişlar kiritiladi, masalan, atrofni köriş imkoniyatini yaxşilaş uçun ikki qavatli oynalardan voz keçiladi. Keyin avtomobil egasi yana özgaradi. Ayni damda uşbu «kelajak avtomobili» Nevadadagi Milliy avtomobil muzeyida saqlanadi.










