Lukashenko Ukraina Belarusga hujum qilmoqchi emasligini aytdi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Polsha va Ukraina Belarusga hujum qilmoqchi emasligini aytdi. 2022 yil mart oyida va kuzida buning aksini ta’kidlagan edi.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Polsha va Ukraina Belarusga hujum qilmoqchi emasligini aytdi. U Gomel va Brest viloyatlarini frontga yaqin hududlar deb e’lon qildi, ammo mahalliy aholini xavotirlanmaslikka chaqirdi.
«Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Lekin men bu keng ko‘lamli qirg‘inga aralashmasligimiz kerakligin sizdan ko‘ra yaxshiroq tushunaman. Biz bu tajribadan foydalanamiz, o‘rganamiz. Biz armiyamizni yanada kuchliroq qilishga intilamiz. Shuning uchun xavotir olmang. Men jang qilmoqchi emasman, buni sizdan ko‘ra ko‘proq xohlayman», dedi Lukashenko.
U har doim Belarusda urush boshlanishi haqidagi gaplardan hayratda qolishini aytdi.
«Hech kim bizga hujum qilmoqchi emas. Shu jumladan ukrainaliklar ham. G‘arbliklar ham menga: «Janob prezident, sizga ukrainaliklar ham, polyaklar ham hujum qilmaydi» degan. Balki hujum qilmas. Lekin biz hamma narsaga tayyor bo‘lishimiz kerak», dedi u.
Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin boshlanishidan biroz oldin Lukashenko urush «ko‘pi bilan uch yoki to‘rt kun davom etishi»ni aytgan, «u yerda bizga qarshi kurashadigan hech kim bo‘lmaydi» degan edi.
2022 yil mart oyida u Ukraina Belarusga hujum qilmoqchi bo‘lganini aytdi.
«Endi men Belarusga hujum qayerdan tayyorlanganini ko‘rsataman. Agar operatsiyadan 6 soat oldin ularning pozitsiyalariga profilaktik zarba berilmaganida, ular qo‘shinlarimizga, Belarus va Rossiyaga hujum qilgan bo‘lardi. Shuning uchun ham bu urushga biz sababchi bo‘lmadik, vijdonimiz toza. Biz oldinroq boshlaganimiz yaxshi bo‘ldi», dedi Lukashenko.
2022 yil kuzida u Ukraina hududidan Belarusga zarba berishga tayyorlanayotgani haqida ma’lumotga ega ekanini aytgan edi.
Mavzuga oid
09:22
Ukrainalik faollar yana Navalnayaning nutqini to‘xtatishga urindi
07:56
Pentagon Ukrainaga yordam uchun qolgan pul miqdorini e’lon qildi
21:13 / 12.11.2024
Sudjaliklar yana bir bor o‘z yaqinlari evakuatsiyasi uchun gumanitar yo‘lak so‘radi
21:00 / 12.11.2024