Toshkent investforumida to‘rtta elektr stansiyasi qurish bo‘yicha bitimlar imzolandi
Turkiyaning Cengiz Enerji kompaniyasi O‘zbekistondagi to‘rtinchi IESini Jizzaxda quradi. Xitoyning Gezhouba guruhi esa Buxoro va Qashqadaryoda quyosh fotoelektr stansiyalarini tashkil etadi. Shuningdek, Ohangaronda chiqindi gazidan elektr ishlab chiqaruvchi stansiya qurish bo‘yicha Koreya kompaniyasi bilan bitim imzolandi.

Cengiz Enerji va ISSV o‘rtasida bitim tuzilishi / Foto: ISSV matbuot xizmati
Toshkent xalqaro investitsiya forumida 4 ta elektr stansiyasini qurish bo‘yicha uchta mamlakat kompaniyalari bilan bitimlar imzolandi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lum qildi.
Kelishuvlarga ko‘ra, Turkiyaning Cengiz Enerji kompaniyasi Jizzax viloyatida quvvati 400 MW bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasini quradi. Bitim qiymati – 30 mln dollar.
Qayd etish lozim, Cengiz Enerji bungacha Toshkent viloyatining Qibray tumanida 240 MW, Sirdaryoning Hovos tumanida 220 MW quvvatlik IESlarni qurib foydalanishga topshirgan edi. Kompaniya, shuningdek, Sirdaryoda 450 MW quvvatlik yana bir IES qurishni reja qilgan.

Toshkent investforumi doirasida Xitoyning China Gezhouba Group Overseas Investment kompaniyasi bilan ikkita quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha ham bitimlar imzolandi. Biri Buxoro viloyatida, ikkinchisi Qashqadaryoda quriladigan FESlarning har biri 500 MW quvvatga ega bo‘ladi. Loyihalar qiymati 500 mln dollardan baholanmoqda.
Gezhouba Group ayni paytda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida quvvati 700 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasini ham amalga oshirmoqda. Loyihaning 1-bosqichi quvvatlari (100 MVt) 2023 yil oxirigacha ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan.

Tabiat resurslari vazirligi esa Koreyaning Sejin G&E So Ltd kompaniyasi bilan 55 mln dollarlik investitsiya loyihasi bo‘yicha bitim tuzdi. Loyiha doirasida maishiy chiqindilar poligonlarida hosil bo‘ladigan chiqindi gazini qayta ishlash hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
16 MVt.gacha elektr energiyasi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan loyiha Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi chiqindi poligonida amalga oshiriladi. Bu – chiqindi gazidan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan Markaziy Osiyodagi yagona stansiya bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Google’ning Gemini sun’iy intellekt servisi barcha foydalanuvchilar uchun bepul bo‘ldi
Jahon | 22:44
-
Andijondagi masjidda ro‘y bergan portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
O‘zbekiston | 22:12
-
Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya AQSh bojlariga qo‘shma javob tayyorlamoqda
Jahon | 21:50
-
Eron oliy rahbari agar AQSh zarba bersa, keskin javob qaytarilishini ma’lum qildi
Jahon | 21:38
Mavzuga oid

09:32 / 26.03.2025
Kreml hujum qilinmaydigan energetika obektlarini ma’lum qildi

18:04 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?

14:01 / 25.03.2025
O‘zbekiston yana netto gaz eksportchisiga aylandi

21:33 / 24.03.2025