Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada Xitoyning 50 ga yaqin maxfiy politsiya bo‘limi mavjud - Newsweek
Ular razvedka ma’lumotlarini to‘plash, dissidentlarni ta’qib qilish, xitoyliklar diasporasini nazorat qilish va ta’sir qilish operatsiyalarini amalga oshirayotgan bo‘lishi mumkin.
Dunyo bo‘ylab Xitoyning 100 dan ortiq norasmiy politsiya bo‘limlari mavjud, ulardan deyarli 50 tasi Yevropada, deb yozdi Newsweek Ispaniyaning Safeguard Defenders inson huquqlari tashkiloti ma’lumotlariga tayanib.
Avvalroq nashr o‘z tekshiruvini o‘tkazgan va Amerikada ham shunday bo‘limlar borligini aniqlagan edi.
Maxfiy politsiya bo‘limlari Xitoyning jamoat xavfsizligi boshqarmasi nazorati ostida va asosan dengiz bo‘yidagi mamlakatlarda joylashgan. Ular razvedka ma’lumotlarini yig‘ish bilan shug‘ullanadi va xorijdagi nufuzli Xitoy fuqarolari orqasidan josuslik qiladi.
Xitoy rasmiylari bunday maxfiy muassasalar mavjudligini bir necha bor rad etishgan. 2022 yil dekabr oyida Xitoyning Fransiyadagi elchixonasi «Xitoy xalqaro qonunlarga rioya qilishini» va boshqa mamlakatlarda «hech qanday huquqni muhofaza qilish faoliyatini amalga oshirmasligini» ta’kidlagan edi.
Italiyada Xitoyning eng ko‘p – 11 ta maxfiy politsiya bo‘limi topilgan. Shuningdek, Ispaniyada 9 ta, Fransiyada esa 4 ta shunday muassasa borligi aniqlangan.
Huquq faollarining ta’kidlashicha, bunday tashkilotlarning soni yanada ko‘p bo‘lishi, shuningdek, xorijda Xitoyning boshqa ta’sir tuzilmalari ham faoliyat olib borayotgan bo‘lishi mumkin.
Maxfiy politsiya bo‘limlarining vazifasi nafaqat Xitoy qonunchiligiga ko‘ra jinoyat sodir etgan odamlarni, balki dissidentlarni ta’qib qilish, chet eldagi xitoyliklar diasporasini nazorat qilish va ta’sir qilish operatsiyalarini amalga oshirishdir.
Avvalroq, AQSh rasmiylari Xitoy maxfiy politsiyasining ikki xodimini hibsga olgan edi. Shundan so‘ng, Germaniya va Fransiya ham shunday bo‘limlar faoliyatini tekshirishga kirishgan.
Mavzuga oid
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
21:17 / 11.06.2026
Tramp Eron neft va gaz bozorlarini «to‘liq Amerika nazorati ostiga» olishga va’da berdi
20:29 / 11.06.2026
Eron afsonaviy Apacheʼni urdi. Urush qaytalandi
14:07 / 11.06.2026