Namangan viloyati hokimiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Akramjon Abduhamidov tayinlovga qadar Prezident Administratsiyasida ishlagan.
Akramjon Abduvahobovich Abduhamidov Namangan viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
U 2020 yildan buyon viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Tolib Yusupov o‘rnida ish boshladi.
Akramjon Abduhamidov 1973 yilda Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan.
1997 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2000 yilda Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi bo‘yicha iqtisodchi.
Mehnat faoliyatini 1997 yilda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mulkning davlat ulushi bo‘yicha dividendlar hisoblanishi va foydalanishi ustidan nazorat qilish boshqarmasi 1-toifali iqtisodchisi vazifasidan boshlagan. 1999-2002 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qimmatli qog‘ozlar va moliya bozori boshqarmasi bosh iqtisodchisi, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Akramjon Abduhamidov 2022 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Nazorat inspeksiyasi bosh konsultanti lavozimida ishlab kelayotgandi.
Mavzuga oid
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
15:44 / 01.11.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
18:28 / 30.10.2024
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
18:32 / 28.10.2024