Namanganda qulab tushgan reklama banneri bir odamni jarohatladi. Holat prokuratura tomonidan tekshirilmoqda
Ustiga banner qulab tushgan 26 yashar erkak hushsiz holatda shifoxonaga yetkazilgan.

Foto: Videodan kadr
1 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil yo‘li yoqasidagi reklama banneri bir erkakning ustiga qulab tushgani, hodisa guvohlari trotuarda harakatsiz yotgan jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatish maqsadida tez tibbiy yordam xizmatiga qo‘ng‘iroq qilayotgani aks etgan video tarqalgandi.
Hodisaga oid boshqa bir videoda bannerning qulashidan Nexia-3 rusumidagi transport vositasi ham zararlangani ko‘rinadi.
“Banner bosib qolgan odam hozir kasalxonada, oyoq qo‘li sog‘. Lekin hushini yo‘qotgan. Agar uning oldida Nexia-3 mashinasi bo‘lmaganida, [qulagan banner] fuqaroning umriga zomin bo‘lar edi”, deyiladi “Namanganliklar” telegram-kanalida chiqqan xabarda.
Kun.uz muxbiri jabrlanuvchi banner qo‘porilib tushgan joyda mayda-chuyda sotib, tirikchilik qilishini aniqladi.
Guvohlar qulab tushgan reklama ustuni asosi atigi qirq santimetrlik betondan iborat ekani, chuqur kavlamasdan tuproq ustiga o‘rnatilgan poydevor kuchsiz shamol natijasida ustidagi og‘irlikni ko‘tara olmay yiqilib tushganiga e’tibor qaratishgan.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsiddinov ro‘y bergan holat yuzasida ma’lumot berdi.
“1 may kuni Namangan shahrida joylashgan reklama banneri fundamentidan o‘pirilib, yerga tushishi oqibatida bir nafar shaxs (erkak, 1997 y.t.) tan jarohati olgan va joyida hushini yo‘qotgan.
Shundan so‘ng, yon atrofda bo‘lgan fuqarolarning ko‘magida jabrlangan shaxs darhol shifoxonaga olib ketilgan. Mazkur holat yuzasidan tekshirish harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi bayonotda.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiya: ota-onalar dam oladigan, bolalar esa baxtiyor bo‘ladigan ta’til
Jamiyat | 19:00 / 27.06.2025
-
Ukraina Volgograddagi harbiy aerodromga hujum qildi. Ikkita Su-34 samolyoti yo‘q qilingani aytilmoqda
Jahon | 23:31 / 27.06.2025
-
Toshkent metrosida yosh bola poyezd yo‘liga tushib ketgani rad etildi
Jamiyat | 23:04 / 27.06.2025
-
Toshkentda tirbandliklarni prognoz qiladigan markaz ish boshladi, aka 3 yoshli ukasini sotuvga qo‘ydi, Kun.uz jurnalisti «Oltin qalam» bilan taqdirlandi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:53 / 27.06.2025
Mavzuga oid

15:10 / 18.06.2025
Hindistonlik yoshlar Namanganda oliy ta’lim olishga jalb qilinadi

22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi

23:54 / 26.05.2025