“Har bir germaniyalik tadbirkor O‘zbekistonda o‘zini erkin his etishi uchun barcha sharoitlarni yaratishga tayyormiz” - Mirziyoyev
“Xorijiy investor O‘zbekiston deganda birinchi navbatda barqarorlik, ishonchlilik va kelajak uchun xotirjamlikni ko‘z oldiga keltirishi lozim”, – dedi Shavkat Mirziyoyev Germaniya ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuvda.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga tashrifi doirasida 3 may kuni ushbu mamlakatning yetakchi kompaniyalari va moliyaviy institutlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Germaniya tomonidan tadbirda Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi, Germaniya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi, Germaniya energetika agentligi, CLAAS, Knauf, Siemens Energy, Lasselsberger, Aurubis, Linde Group, Gunter Papenburg, Falk-Porsche-Technik, Mangold Consulting, DB Engineering, Landesbank, Commerzbank, KfW Bank, Deutsche Bank kabi o‘ttizga yaqin eng yirik kompaniya va banklar rahbarlari qatnashdi.
Bunday formatdagi muloqot ilk bor 2019 yil yanvarida, davlat rahbarining Germaniyaga tashrifi doirasida bo‘lib o‘tgan edi. Shundan so‘ng, O‘zbekistonda iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha bir qator yuqori texnologik loyihalar ishga tushirildi, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklik sezilarli ravishda faollashdi.
Mirziyoyev uchrashuvni ochar ekan, Germaniya bilan munosabatlarda yuksak ishonch va o‘zaro hurmat qaror topganini alohida qayd etdi.
Prezident ushbu tashrif davomida erishilgan muhim kelishuvlar va istiqbolga mo‘ljallangan rejalarni amalga oshirishda asosiy rolni aynan ishbilarmon doiralar o‘ynashi mumkin va lozimligini ta’kidladi. O‘zbekiston jahon iqtisodiyotidagi keng ko‘lamli va jiddiy tebranishlar sharoitida Germaniya biznesi uchun samarali va ishonchli makon bo‘lishga tayyorligini aytdi.
- Xorijiy investor O‘zbekiston deganda, birinchi navbatda, barqarorlik, ishonchlilik va kelajak uchun xotirjamlikni ko‘z oldiga keltirishi lozim, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Har bir germaniyalik tadbirkor mamlakatimizda o‘zini erkin va dadil his etishi uchun barcha sharoitlarni yaratishga tayyormiz. Germaniyaning ilg‘or ishlanmalari va innovatsion texnologiyalarni O‘zbekistonning resurslari va inson salohiyati bilan birlashtirsak, katta natijalarga erisha olamiz.
Xabarga ko‘ra, Germaniya kompaniyalari rahbarlari aniq takliflarini aytdi. Ustuvor sohalarda yuqori texnologik va innovatsion yechimlarni joriy qilgan holda amaliy hamkorlikni davom ettirish va kooperatsiyani kengaytirishga tayyorligini bildirdi.
Prezident tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga Germaniya biznesi bilan hamkorlikdagi loyihalarni birgalikda ishlab chiqish, umuman, tashrif doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi «yo‘l xaritasi»ni tasdiqlashga topshiriq berdi.
Tavsiya etamiz
"Husanov tezroq ingliz tilini o‘rganishiga umid qilaman. Uning jismoniy ko‘rsatkichlari ajoyib" – Gvardiola Abduqodir Husanov haqida
Sport | 23:12 / 22.01.2025
Katanets ketdi. U O‘zbekistonni JChga yaqinlashtirgandi
Sport | 21:24 / 22.01.2025
“Oxirgi so‘zni Oliy sud aytadi” - tahlilchilar Trampning antimigratsiya choralari haqida
Jahon | 16:10 / 22.01.2025
Bayden oila a’zolari va Kapitoliyga hujum tergovchilarini oldindan afv etdi. Bu nima uchun kerak?
Jahon | 15:46 / 22.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Jamiyat | 17:42
-
FT: Kiyev G‘arbdagi ittifoqchilari Ukrainaga 50 ming harbiy yuborishiga umid qilmoqda
Jahon | 17:28
-
Qozog‘iston o‘rtacha maosh miqdori bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchi deb topildi
Jahon | 17:16
Mavzuga oid
18:43 / 16.01.2025
2025 yilda yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha dastur tayyorlanadi
18:35 / 16.01.2025
Prezident investitsiya va bozorlarni egallash uchun jahonda qattiq kurash ketayotganini aytdi
15:28 / 16.01.2025
Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev lavozimidan ozod etildi
15:18 / 16.01.2025