Bugun grin-karta natijalari chiqadi
AQShda yashash huquqini beradigan DV-2024 dasturi uchun ro‘yxatdan o‘tganlar javoblarni 6 may Toshkent vaqti bilan 21:00 dan boshlab tekshirishlari mumkin.

Chikago shahri / Foto: Kun.uz
Buning uchun AQSh Davlat departamentining lotereya uchun maxsus saytiga (www.dvprogram.state.gov) kirish hamda ariza topshirgan vaqtda saqlab olingan tasdiq raqamini (Confirmation number) kiritish kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, grin karta lotereyasida ishtirok barcha qatnashchilar uchun bepul hisoblanadi. Muayyan xarajatlar faqatgina tanlab olingan arizachilarda, viza olish bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladi.
Rasmiy nomi “Xilma-xillik viza dasturi” (Diversity Visa Program) bo‘lgan grin-kartadan maqsad – tarixan Amerikaga migratsiya ko‘rsatkichlari kam bo‘lgan xalqlarga AQShga ko‘chib kelib yashash imkoniyatini berish, bu bilan AQSh jamiyatida millatlar xilma-xilligiga erishishdan iborat. Lotereyani har yili dunyo bo‘ylab Amerikaga ko‘chib ketishni istovchi o‘nlab million kishi o‘ynaydi. Ular orasida millionlab o‘zbekistonliklar ham bor.
O‘tgan yili eng ko‘p yutuq chiqqanlar orasida O‘zbekiston fuqarolari 3-o‘rinni olgandi. DV-2023 dasturida 119 262 arizachi tasodifiy tanlab olingan, ularning 5511 nafari o‘zbekistonliklar bo‘lgan. Bundan birozgina ko‘proq fuqarosiga omad kulib boqqan Misr va Jazoir birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan.
Lotereyada g‘olib chiqish AQShga viza olishni kafolatlamaydi. Buning uchun maxsus formani to‘ldirish, shuningdek, elchixonada suhbatdan o‘tish talab etiladi. Viza sohiblari AQShda muqim yashash, ishlash, shuningdek, Amerika fuqarolariga tegishli, saylash va saylanishdan boshqa deyarli barcha huquqlardan foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Belgilangan muddatdan so‘ng AQSh fuqaroligi uchun ariza topshirish ham mumkin bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh migrantlarni Liviyaga deportatsiya qilishga tayyorlanmoqda
Jahon | 21:22
-
Ilhom Aliyev 9 may kuni Moskvadagi paradga borishdan bosh tortdi
Jahon | 21:12
-
Rossiya Ukraina muzokaralarida juda ko‘p narsani talab qilmoqda – Vens
Jahon | 21:05
-
O‘zbekiston Hindiston va Pokistonni vazminlikka chaqirdi
O‘zbekiston | 20:58
Mavzuga oid

21:22
AQSh migrantlarni Liviyaga deportatsiya qilishga tayyorlanmoqda

21:05
Rossiya Ukraina muzokaralarida juda ko‘p narsani talab qilmoqda – Vens

18:47
«Harri Trumen» aviatashuvchisi bortidan yana bir qiruvchi samolyot Qizil dengizga tushib ketdi

17:19