O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 230 mln dollarga kamaydi
Aprel oyi davomida O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 35,4 mlrd dollardan 35,2 mlrd dollarga kamaydi. Hozirda Markaziy bank zaxirasida 12,2 mln unsiya oltin va 9,9 mlrd dollar xorijiy valuta zaxiralari mavjud.

Foto: Andreas Gebert / Bloomberg
Markaziy bank O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yangiladi.
2023 yilning 1 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 35,2 mlrd dollarni tashkil qilgan. Taqqoslash uchun, bu ko‘rsatkich 2023 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, 35,4 mlrd dollar bo‘lgan.
Hisobot davrida oltinning fizik hajmi 12,3 mln troya unsiyadan 12,2 mln troya unsiyaga, qiymati esa 24,25 mlrd dollardan 24,2 mlrd dollarga pasaygan.
Shuningdek, zaxira aktivlari tarkibidagi xorijiy valuta zaxiralari ham 10,1 mlrd dollardan 9,9 mlrd dollarga kamaygan.
Oltin-valuta zaxiralari nima uchun kerak?
Har bir mamlakatning oltin-valuta zaxiralari o‘ziga xos sug‘urtadir. U davlatning milliy iqtisodiyotini ehtimoliy makroiqtisodiy xatarlardan himoya qiladi. Shu bois oltin-valuta zaxiralari qator talablarga javob berishi lozim. Masalan, undan har qanday sohada foydalanish imkoniyati bo‘lishi kerak. Oltin-valuta zaxiralari oson joylashtirilishi va oson olinishi darkor.
Mamlakatlarning oltin-valuta zaxiralaridan quyidagi maqsadlarda foydalanilishi mumkin:
- to‘lov va savdo balansidagi defitsitni bartaraf etish uchun;
- inflatsiyani ushlab turish, milliy valutani moliya bozorida qo‘llab-quvvatlashga valuta sotib olish uchun;
- davlatning tashqi qarzlarini to‘lash uchun;
- davlatlar o‘rtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun.
Oltin-valuta zaxiralari asosan qimmatbaho metallardan (quyma oltin, platina, palladiy, kumush), davlatlararo miqyosda zaxira valutasi sifatida tan olingan xorijiy pul vositalaridan (AQSh dollari, yevro, shveysar franki, yapon iyenasi, funt-sterling) va Xalqaro valuta jamg‘armasi chiqaradigan naqdsiz pul birliklaridan tashkil topadi.
Davlatning oltin-valuta zaxiralari miqdori uning iqtisodiyoti va moliyaviy tizimi holatidan darak beradi, davlatlararo majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini kafolatlaydi. Xalqaro tashkilotlar tavsiyalariga ko‘ra, rivojlanayotgan davlatlar uchun zaxiralar kamida 3 oylik importni qoplashi kerak.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Misr O‘zbekistonda tibbiyot sohasida qo‘shma loyihani amalga oshiradi
O‘zbekiston | 14:05
-
O‘zbekiston va Vengriya qishloq xo‘jaligini raqamlashtirishda hamkorlik qiladi
O‘zbekiston | 13:59
-
Dunyoda o‘z davlati ichida ko‘chishga majbur bo‘lganlar soni 83 mlndan oshdi
Jahon | 13:12
-
Kallas: Putin Zelenskiy bilan uchrashishga jur’at eta olmaydi
Jahon | 13:10
Mavzuga oid

10:11 / 04.05.2025
Muddatli to‘lov bozorini tartibga solish boshlanadi

20:43 / 30.04.2025
Kartadan kartaga katta miqdorda pul o‘tkazishda qo‘shimcha himoya choralari kiritiladi

12:24 / 24.04.2025
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

16:34 / 18.04.2025