Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Moskvada nonushtani o‘tkazib yubordi va paraddan so‘ng darhol Minskka qaytdi
Jurnalistlar uning sog‘lig‘ida muammolar borligini aytishmoqda.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Moskvadagi «G‘alaba paradi»dan ko‘p o‘tmay Minskka qaytdi.
«Nasha Niva» nashriga ko‘ra, u sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli Moskvani muddatidan avval tark etgan bo‘lishi mumkin.
Lukashenko paradga taklif etilgan davlat rahbarlari orasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan birga «Noma’lum askar» qabriga gul qo‘yishga bormagan yagona shaxs bo‘ldi. Xavfsizlik xizmati xodimlari uni o‘sha yerga elektromobilda olib borishdi.
«Nasha Niva»ning qayd etishicha, parad paytida Lukashenkoning qo‘lida bog‘ich ko‘rinib qolgan. Ukraina telegram-kanallari bu kateterning bog‘ichi bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishdi.

Bundan tashqari, Lukashenko Moskvaga tashrif buyurgan davlat rahbarlarining norasmiy nonushtasida ham ko‘rinmadi. Rossiya ham, Belarus ham Lukashenkoning tadbirga bormaganiga rasman izoh bermadi.
Belaruslik siyosatshunos Dmitriy Bolkunets «Lukashenko sog‘lig‘i sababli ovqatlanishga kela olmagani va Moskvani tark etgani» haqida yozdi. Siyosatshunosga ko‘ra, Lukashenko aeroportga tez yordam mashinasida olib borilgan.
Moskvadagi G‘alaba bayrami sharafiga o‘tkazilgan paradda Lukashenkodan tashqari Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ishtirok etdi.

Mavzuga oid
17:14 / 03.07.2026
Putinning reytingi yana pasaymoqda
09:55 / 03.07.2026
Minsk Rossiyaga safarlar bo‘yicha ogohlantirish berdi
19:04 / 30.06.2026
«Zarar bor» – Putin Ukraina hujumlari, benzin taqchilligi va Ankorij kelishuvi haqida
18:39 / 30.06.2026