Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada uch kishi DNKsiga ega ilk chaqaloqlar dunyoga keldi
Bu ularning xavfli mutatsiyalarni meros qilib olishiga to‘sqinlik qiladi.
Buyuk Britaniyada birdaniga uch kishi - ota-onasi va donor DNKsiga ega bo‘lgan ilk chaqaloqlar dunyoga keldi. Bu haqda The Guardian yozdi.
Bunday bolalarning tug‘ilishi ekstrokorporal urug‘lantirish (EKU) jarayoni natijasida yuz bergan. Bunda mitoxondrial donorlik (MDT, mitochondrial donation treatment) usulidan foydalanilgan. U tsitoplazmatik almashtirish deb ham ataladi.
Embrionni shakllantirish jarayonida ota va onaning spermatozoidlari va tuxumdoni donor ayol tuxumdonidagi mitoxondriyalar bilan birlashtiriladi. MDT usulidan foydalanish natijasida bola ota-onasi DNKsining taxminan 99,8 foizini, shuningdek, donor genetik materialining juda kichik qismini - 37 ta genni oladi.
Usul bolalarning onalaridan davolab bo‘lmaydigan kasalliklar - mitoxondrial nuqsonlarning rivojlanishiga olib keladigan mutatsiyalarni meros qilib olishining oldini olishga qaratilgan.
Buyuk Britaniyaning urug‘lantirish va embriologiya boshqarmasi (HFEA) vakillari ushbu texnologiya asosida mamlakatda allaqachon bir necha bola tug‘ilganini aytishgan. Bunday chaqaloqlarning aniq soni maxfiylik sababli oshkor etilmaydi.
Buyuk Britaniya bolalar tug‘ilishida tsitoplazmatik almashtirish usulidan foydalangan dunyodagi birinchi davlat emas. 2016 yilda amerikalik shifokorlar Ley sindromidan aziyat chekkan iordaniyalik ayolni sun’iy ravishda urug‘lantirib, uch kishi DNKsiga ega farzandining dunyoga kelishiga sabab bo‘lgan edi. Avvalroq, ayol irsiy mutatsiya tufayli ikki nafar farzandidan ayrilgan edi.
Mavzuga oid
18:06 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev lord Stokvud boshchiligidagi Britaniya delegatsiyasini qabul qildi
10:30 / 16.06.2026
BBC va FT: Starmer bilan bog‘liq yong‘inlar ortida Rossiya izi bo‘lishi mumkin
23:06 / 15.06.2026
Britaniyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
19:31 / 14.06.2026