Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar 2100 yilga borib Yerdagi iqlim tanib bo‘lmas darajada o‘zgarishini aytmoqda
Qit’alardagi katta hududlar boshqa iqlim zonalariga o‘tib ketishi mumkin.
Jorj Meyson universiteti (AQSh) olimlari 2100 yilgacha Yer ob-havosini modellashtirishdi va umidsiz xulosaga kelishdi: sayyora shu qadar o‘zgaradiki, 1880 yillarda Kyopper tizimi bo‘yicha tuzilgan iqlim xaritalarini qaytadan chizish kerak bo‘ladi. Tadqiqot Earth’s Future jurnalida chop etildi.
«XX asrning boshidan beri Yer yuzining 14,77 foizida iqlim o‘zgarishlari yuz berdi. Eng muhim o‘zgarishlar Shimoliy Amerika, Yevropa va Okeaniyada kuzatildi», dedi Pol Dirmeyyer, bosh tadqiqotchi va iqlimshunos olim.
Yangi tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, asr oxiriga borib, dunyoning 38-40 foiz hududi boshqa iqlim zonalariga o‘tadi. Ya’ni, yer sharining deyarli yarmi yangi sharoitlarga duch keladi.
Tropik iqlim 25 foizgacha kengayadi, qurg‘oqchilik 34 foizgacha hududni egallaydi. Eng sezilarli o‘zgarishlar Yevropa va Shimoliy Amerikada kutilmoqda. Bu qit’alarning mos ravishda 89 foiz va 66 foiz hududi boshqa iqlim zonasiga o‘tadi.
Biroq, iqlim zonalarining o‘zgarishi faqat «imkoniyatlar oralig‘ini» ifodalaydi, chunki ba’zi o‘zgaruvchilarni (masalan, yog‘ingarchilik) boshqalarga (haroratga) qaraganda modellashtirish qiyinroq, deyiladi tadqiqotda. O‘zgarishlar, shuningdek, okeanlar va Antarktidadan tashqari faqat quruqlikni qamrab oladi (ma’lumotlardagi bo‘shliqlar tufayli). Boshqacha qilib aytganda, amalda o‘zgarishlar ancha jiddiyroq bo‘lishi mumkin.
Mualliflar fikriga ko‘ra, global isish sur’ati tezlashishi aniq. Bu oziq-ovqat ishlab chiqarish tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va chivinlar tarqatadigan kasalliklarning ko‘payishiga olib kelishi mumkin.
Mavzuga oid
17:41 / 09.07.2025
Issiq havo Yevropada o‘lim holatlari sonini uch baravarga oshirdi
17:33 / 29.03.2025
Global isish tufayli chuchuk suv zaxiralari 20 yil davomida keskin kamaydi – tadqiqot
14:43 / 19.03.2025
Global isish nafas olish tizimi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda
13:40 / 11.01.2025