Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston hududiga nam va salqin havo kirib kelishi kutilmoqda
14-17 may kunlari respublika hududida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, kuchli shamol esadi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
2023 yilning 14-17 may kunlari O‘zbekistonga Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo, so‘ngra Volgabo‘yi hududlaridan salqin havo kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 14-17 may kunlari respublika hududida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
14-16 may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17 mayda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlari va tog‘li hududlarining ba’zi joylarida kuchli yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin.
Baland tog‘li (2000 metrdan yuqori) hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
14-15 mayda shimolda va cho‘l hududlarda, 16-17 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
14-16 mayda respublika shimolida, 17 mayda respublikaning qolgan hududlarida kunduzgi havo harorati 17-22 darajagacha pasayadi.
Mavzuga oid
10:35 / 16.02.2026
Hafta davomida harorat +25 darajagacha isishi kutilmoqda
10:32 / 16.02.2026
Qator viloyatlarda sel va suv toshqinlari bo‘yicha ogohlantirish e’lon qilindi
14:33 / 14.02.2026
Yashin tushdimi yoki AI mahsuli? Hokimlik O‘zgidromet xabarini rad etdi
11:30 / 13.02.2026